Yulduzli chiroqchalar



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix20.04.2022
ölçüsü226,92 Kb.
#55834
1   2   3   4   5   6
Yulduzli chiroqchalar

Ikki yulduz

Hayot doim ham shirin boʻlavermaydi. Ammo doim achchiq ham emas. “Bizda

hammasi yaxshi boʻladi” deb uqtirardi onam narsalarimni tartibga solar ekanman, “Sen

faqat bu haqda oʻylama. Sen oʻqishing haqida oʻylashing kerak! Tushundingmi?!” Men

esa albatta “Ha” deb javob bergandim. 



Keyinchalik tushunib yetdimki, hech qachon jasoratli boʻlmagan ekanman. Onam

jasoratli edi. Va hech qachon onamdek aqlli ham boʻlmaganman. Men shunchaki doim

oʻz fikrini aytishdan qoʻrqadigan qiz edim, xolos. Nima “toʻgʻri” va nima “notoʻgʻri”

ligini unutgan edim. Men shunchaki eshitardim. Koinotim yana torayganida, men oʻn olti

yoshda edim. 

– Men u bilan yashay olmayman, – deb boshladi suhbatni amakivachcham. –Men

shunchaki yashay olmayman. –“Unda nega unga turmushga chiqding?” deb oʻylardim

men. Hech qachon xayolimdagini aytmasdim. Nimagadir oʻzgalar tinchligi muhim edi.

Bu uchun esa oʻzimning tinchligimni qurbon qilardim. Butun vaqtimni boshqa odamlar

uchun shunchaki sirlar uchun aqchadon vazifasida oʻtkazib yuborganimni bilganimda

esa, oʻzim uchun deyarli yashamagan ekanligimni tushunib yetgandim. Butun hayotim

davomida oʻzgalar nima deyishi muhimligi haqida oʻylardim. Jim tinglasam, men ham

tinchlik   va   osoyishtalikka   erishaman,   deb   oʻylardim.   Aslida   esa   yigirma   yulduzli

koinotim haqida oʻylashim kerak edi. Biroq...

–   Bu notoʻgʻri! – dedi amakivachcham, noroziligini koʻrsatib. – Bu notoʻgʻri! U

meni doim aldaydi! U menga xiyonat qilgan. 

Nima   aslida   “toʻgʻri”?   Odamlar   hammaga   birdek   “toʻgʻri”   boʻlishi   uchun   nima

qilishi kerak? Axir bunaqasi boʻlmaydiku. Sen uchun “toʻgʻri” tuyulgandek ish koʻrasan,

ammo baribir sening ishlaringda “notoʻgʻrilik”ni koʻradigan va seni ayblaydigan odamlar

topiladi. Hammaga birdek yoqishning iloji yoʻq. Shunday qilib nima “toʻgʻri” ekan? Va

“yol’gon”   nimani   anglatadi?   Sen   oʻzing   undan   homiladorligingni   yashirganingda   va

yashirincha abort qildirganingda uni aldamaganmiding? Demak, seningcha buni kechirsa

boʻladi, uning hiyonatini esa yoʻqmi? Menga nima “toʻgʻri”ligini koʻrsating. Sen qanday

qilib oʻzingning soʻzlaringga bunchalik ishona olasan? Axir, sening ishlaring haqida men

koʻproq bilaman-ku. 

Men amakimning qizini abort sabab ayblay olmayman. Chunki u buni kerak va

muhim deb qabul qilgandi. 

Onam otam  bilan yashashda  davom  etishga  qaror qilganda  toʻgʻri  qilganmikan?

Axir   men   ozmuncha   qabihliklarni   koʻrishga   majbur   boʻlmadimmi?   Politsiyaga

qoʻngʻiroq   qilib,   ularga   otamni   yomon   koʻrishimni   aytganimda,   men   toʻgʻri

qilganmidim? Axir u mening otam-ku. “Doim mehribon boʻl. Xudo mehribonlarni yaxshi

koʻradi” derdi otam menga. Shu soʻzlarni qiziga aytgan inson, uni doim yigʻlashga va

insonlardan yiroqlashishiga majbur qilgandi. 

“Yolgʻon” nomli kosmik chang paydo boʻlishi, koinotimga jiddiy ta’sir koʻrsatdi va

men yana ikki dona ajoyib yulduzimdan mahrum boʻlgandim.  


Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin