kimman. Men hattoki ona ham emasman, qolaversa boʻlolmasam ham kerak. Balki siz
hozir “Oʻzida farzandi boʻlmay turib, bizni qayerdan ham tushuna olardi?” deb
oʻylayotgandirsiz. Siz haqsiz. Sizlarni men tushuna olmayman. Biroq farzandlaringizni
tushuna olaman. Men ham suyukli farzand boʻlganman, malika edim. Bu uchun ota-
onamdan minnatdorman. Ular menga hayot bera turib, nafaqat hayot, balki haqiqiy
borliqni tuhfa etishgan. Bir tasavvur qilib koʻring-a, siz farzandingizga hayotdan-da
koʻprogʻini beryapsiz. Siz unga butun bir borliqni beryapsiz! Va mana shu borliq
goʻzalligi butunlay sizga bogʻliq! Bir biringizni sevingki, farzandingiz sizga qarashi
bilanoq, borligʻidagi yulduzlar charaqlasin. Buni takrorlashdan toʻxtamang. Agar
sevgingiz soʻnayotgan boʻlsa, bir-biringizni sevgan vaqtlaringizni eslang. Chunki shirin
xotiralar kinder shokoladi ichidan chiqqan oʻyinchoqlarga oʻxshaydi. Bir-biringizni
hurmat qiling! Bu juda muhim! Eringizni hurmat qiling, ayolingizni hurmat qiling.
Farzandingiz muhabbatda hurmat roli muhim ekanligini koʻrib katta boʻlsin. Turmush
oʻrtogʻingizni hurmat qilganingizda, siz nafaqat uni, balki uning borligʻini ham hurmat
qilgan boʻlasiz.
Farzandingiz qoʻrquviga sababchi boʻlmang! Ota-onalar bola qoʻrquviga sababchi
boʻlishganida, uning borligʻi kichrayib boradi. Borliq kichrayganda esa, qizaloq yigʻlab
oʻtiradi, esga oladi va foydasi boʻladimi yoʻqmi bilmay, xat yozadi. Axir u yulduzlari
hamda umidini yoʻqotib qoʻygandi. Qanaqa umid? U butun borligʻini yoʻqotdi. Bunga
sabab boʻlmang! Agar ketishni istasangiz, keting. Ammo, shunday ketingki, hech kim
alamda qolmasin.
Nafratga sababchi boʻlmang!
Ishonchsizlikka sababchi boʻlmang!
Omadsizlikka sababchi boʻlmang!
Gʻururga sababchi boʻling!
Muhabbatga sababchi boʻling!
Yanada koʻprogʻiga erishishga urinishga sababchi boʻling!
Bularning barini sizga nimanidir koʻrishni-yu, nimanidir bilmaslikni istagan qiz
aytyapti. Siz bu xatni oʻqib boʻlguningizga qadar, balki u qiz bu hayotda ortiq boʻlmas.
Katta ehtimol bilan shunday boʻladi. Chunki unda endi borliq yoʻq. Xuddi hayot kabi...
Ammo farzandingiz koinoti doimo charaqlab tursin, cheksiz kengayib borsin.
Yulduzli chiroqchalari hech qachon soʻnmasin...