Yulduzli chiroqchalar



Yüklə 226,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix20.04.2022
ölçüsü226,92 Kb.
#55834
1   2   3   4   5   6
Yulduzli chiroqchalar

Uch yulduz

“ Balki   hammasidan   voz   kechgan   yaxshidir?”   deb   oʻylardim   tez-tez.   Ayniqsa

maktabni   bitirishimga   oz   qolgan   paytdan   boshlab   koʻp   oʻylardim.   Universitetga

kiradigan va oʻz kelajagimni quradigan vaqt kelgan. Ammo bular menga kerakmi? Balki




shunchaki   onamni   oʻzim   bilan   uzoq-uzoqlarga   olib   ketib,   shunchaki   yashash   uchun

ishlaganim   ma’quldir?   Shunda   onamni   azoblardan   asray   olgan   boʻlardim.   Balki

keyinchalik shaxsiy hayotimni qurarmidim. 

“ Ota”   kim?   U   begʻubor   va   charaqlab   turuvchi   yulduzlarga   ega   mitti   koinotlar

yaratilishida muhim rol oʻynaydigan inson. Keyinchalik esa, shu koinotni turli chang,

meteorit va yorugʻlikni yutib yuborib, qayta qoʻyib yubormaydigan qora tuynuklar paydo

boʻlishidan himoya qiluvchi inson. Agar mana shu barcha chang-u, meteorit va qora

tuynuklar paydo boʻlishiga sabab aynan oʻsha senga avvaliga begʻubor koinotni sovgʻa

qilgan inson boʻlsachi? Onang esa sening oʻchib qolgan va keyinchalik esa umuman qora

tuynukka aylangan yulduzlaringni qayta yoqishga urinsa-yu, otang bunga yoʻl qoʻymasa.

Va sen bir vaqtlar cheksiz boʻlgan koinotingni kim nima qilayotganini, undagi yulduzlar

oʻchayotganini   yaqqol   koʻrib   bilib   tursang-u,   hech   narsa   qilolmasang.   Nima   uchun?

Chunki u sening otang, amakingni qizi, qoʻshning, qoʻshningni otasi, qoʻshningni iti...

Biroq,   yolgʻiz   onanggina   seni   qoʻllab-quvvatlayotganini,   yulduzlaring   oʻchib

qolmasligini istayotganini koinotingda mavjud boʻlgan barcha moddalar bilan his etasan

va   koʻrasan.   Va   aynan   mana   shu   paytda   sening   baxting   uchun   koʻp   inson   kerak

emasligini tushunib yetasan. Faqatgina onang kerak. 

Onang esa betob va davolanishni hech ham istamayapti. Jahling chiqqan. Oʻzing

bilmagan holda onangga baqirasan, uni dori ichishga undaysan. U esa qaysar. “Oyijon”

deb   nomlanadigan   sayyora   xuddi   “Yer”   kabi   noyob.   Oʻzining   tabiat   qonunlari,

yashovchilari  mavjud.  Ammo “Oyijon”  sayyorasi  utopiya.  Naqadar ajoyib  sayyoraki,

butun umr yashaging keladi. Biroq vaqt ham bor. U ayovsiz. Qachonki mana shunday

suluv sayyorani vaqt yeb bitirayotganini, azoblar esa jarayonni yana tezlashtirayotganini

koʻrganingda, va hech qanday yordam bera olmayotganingda, faqatgina bir dona chorang

qoladi:   ogʻzing   va   burningni   yostiq   bilan   qattiq   yumib   yigʻlash.   Onang   eshitmasligi

kerak. Boʻlmasa yanada koʻproq azoblanadi.  

Onam betob boʻlib qolganida, yana ikkita yulduzim oʻchgandi. 

Onam betob, ammo ishini qoldirmasdi. Bir dona kun ham qoldirmagan. Otam ham

ishda. Onamga baqirib qoʻyganim esa menga tinchlik bermasdi. 

Bilasizmi nima onalarni baxtli qila oladi? Qachonki uning farzandi ilk qadamlarini

qoʻyganida, ilk soʻzlarini aytganida, qachonki uning farzandi ilk bolalar qoʻshiqlarini yod

olganida, ilk soʻzlarini oʻqiy olganida, birinchi marta onasining rasmini chizganida, ilk

a’lo bahosini maqtab kelganida, maktabni tugatayotganida, universitetga kirganida... ular

baxtli   boʻlishlari   uchun   naqadar   kam   narsa   kerak-a.   Baxt   esa   quvvat   beradi,   quvvat

jonlantiradi va “Oyijon” sayyorasi yana uzoq vaqt yashnaydi. Tan olaman, pazandalikni

onam   uchun   oʻrganganman.   Onamga   tortlar   juda   yoqardi.   Ammo,   supermarketga

borganim   nimanidir   himoya   qilishimiz,   aynan   oʻshani   yoʻqotishimiz   xavfi   boʻlishini

yaqqol koʻrsatgandi. Adolat mavjudligiga ishonchimni saqlab qolishga urinib, kundan

kunga adolat shunchaki ertak ekanligini koʻrardim. Ba’zi odamlarga nisbatan hurmatni

saqlab qolishga urinib, ularga nisbatan bu hurmat umuman qayerdan paydo boʻlganiga

hayron boʻlardim. 



Umuman olganda “sevgi” oʻzi nima, agar “sevgan” inson oʻzining “butun umrlik

muhabbatiga” uylanib, yana unga xiyonat qilsachi? Va buni ularning qizi oʻz koʻzlari

bilan koʻrsa? 

Yana bir yulduz oʻchdi...bor yoʻgʻi oʻn dona yulduz qoldi. 




Yüklə 226,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin