Kinematika
Kinematika (yun. kinema — harakat) — mexanikaning bir boʻlimi.
Jism harakatini vujudga
keltiruvchi kuchlarni hisobga olmagan holda jism harakatining geometrik xossalarini
oʻrganadi. Oʻrganiladigan obʼyekt xossalariga koʻra, nuqta, qattiq jism,
deformatsiyalanuvchi
jism, tutash muhit (gaz, suyuqlik, elastik jism) K.siga boʻlinadi. Odatda, K. dinamikani
oʻrganishda qoʻshimcha vosita hisoblanadi. Nuqta va qattiq jism K.sining
asosiy vazifasi
nuqta yoki qattiq jismning muayyan sanok, sistemasiga nisbatan harakatlarini (sanoq
sistemasiga nisbatan nuqta vaziyati koordinatalar bilan belgilanadi) va harakatlarning barcha
kinematik tasniflari orasidagi bogʻlanishlarni aniqlashdir.
Nuqta tezligi (t>) va tezlanish (sh) uning harakatini ifodalovchi asosiy kinematik omillardir.
Boʻlar harakat turiga bogʻliq. Jismning eng oddiy harakati ilgarilanma
va aylanma harakatdan
iborat. Ilgarilanma harakat vaqtida jismning barcha nuqtalari birday harakat qiladi; jism
harakatini (trayektoriyasini) ifodalash uchun bitta nuqtaning harakatini bilish kifoya. Har
qanday jism toʻgʻri va egri chiziq boʻylab harakatlanadi. Harakat tekis toʻgʻri chiziqli (yoki
aylanma) hamda teqismas (oʻzgaruvchi) boʻlishi mumkin. Teqismas harakatda tezlikning oniy
(haqiqiy) yoki oʻrtacha qiymati aniqlanadi. Tekis harakatda tezlanish nolga teng . Jism
qoʻzgʻalmas oʻq atrofida
aylanma harakat qilsa, bitta erkinlik darajasiga ega boʻladi va uning
vaziyati burilish burchagi (davri), burchak tezligi (chastota) va burchak tezlanishi bilan
ifodalanadi.
Erkin qattiq jism massa markazi bilan birga ilgarilanma va aylanma harakat qiladi.
Artilleriya
snaryadi, raqsta, fazoviy jismlar va boshqa harakati boʻnga misol boʻladi.
Deformatsi ya l anu vchi muh i t l a r K.si deformatsiyalar umumiy nazariyasi va muhitning
uzluksizligi shartini aks ettiruvchi uzluksizlik tenglamalarini hamda uzluksiz muhit
harakatining tavsiflarini aniqlaydi. Tutash muhit K. muhit elementlar
harakatini ularning
deformatsiyalanuvchanligini hisobga olgan holda bayon qiladi. Yorugʻlik tezligiga yaqin
boʻlgan harakat K.si haqida nisbiylik nazariyasida, mikrozarralar
harakati haqida kvant
mexaniqat qaraladi. K. usullari turli mexanizmlar va boshqalarda harakat uzatishni
hisoblashda muhim ahamiyatga ega.
Oʻrozboye v M . T., Nazariy mexaniqa asosiy kursi (3-nashr), T., 1966; Rashi-dov T. R.,
Shoziyotov Sh., Moʻminov K. B., Nazariy mexaniqa asoslari, T., 1990.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Kinemat
ika&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Kinematika&oldid=2444524
"
dan
olindi
Adabiyot
Manbalar