Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 11 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
73
November, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
KIRISH
Tabiiy bitumlar va noananaviy uglevodorod xom oshyosini o„zlashtirish
muammolari dolzarb muammolardan biri hisoblanib asosan yuqori sanoat
potensialiga ega bo„lgan, infrastruktura rivojlangan va yuqori malakali kadrlarga ega
bo„lgan davlatlar uchun eng dolzarb muammo hisoblanadi [1].
Tabiiy bitumlar–genetik jihatdan
turli darajada gazsizlangan, yengil
fraksiyalarini yo„qotgan,
qovushqoq, yarim qattiq tabiiy neft hosilalarini (maltalar,
asfaltlar, asfaltitlar) o„zida namoyon qiladi [2]. Bular, bitumli jinslar kabi –
sanoatning ko„p tarmoqlari uchun qimmat baho ko„p maqsadli xomoshyo
hisoblanadi. Yoqilg„i-energetika sanoati uchun
uglevodorod xomashyosining
qo„shimcha manbayi hisoblanadi. Qurilish sanoatida asfaltbetonli qorishma sifatida
ishlatiladi. Metallurgiya tarmoqlarida – yo„ldosh
metall komponenti sifatida
foydalaniladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan baholanishi bo„yicha tabiiy
bitumlarning dunyo bo„yicha geologik resurslari taxminan 260 mlrd tonnani tashkil
qiladi, ularning olinadigan resurslari 70 mlrd tonna bo„lib, shuning 70 % atrofidagi
resurslari Kanada hududida to„g„ri keladi.
O„zbekiston hududida og„ir neft
=0,98) hosil bo„lish sharoiti bo„yicha uch
turga bo„lish mumkin: 1) gipergen-suv-neft almashinishi
jadal kechadigan zonada
o„zgarishi bo„yicha; 2) paleogipergen-o„zgarishsiz; 3) katta chuqurlikda to„plangan
og„ir neftlar.
Birinchi guruhdagi og„ir neftlarga, Farg„ona
havzasining adir zonalarida
(Shorsu, Shim. Rishton, Sel-Roxo va b.) yer yuzasiga tabiiy chiqib qolgan va yuqori
gorizontlardagi neftlar kiradi. Tektonik jadal zonalarda mineralizatsiyasi kam bo„lgan
harakatchan suvlarning uzoq vaqt ta‟siri natijasida aerobli-mikroflorlar va boshqa
atmosfera
agentlari
benzinli
yengil
fraksiyasini
yo„qolishiga,
qisman
parafinsizlanishiga va boshqa qayta tiklanmaydigan elementlarning yo„qolishiga olib
kelgan. Bunday neftlar (naftidlar) – malta, asfaltlar, asfaltitlar, keritlar neft qatoridagi
bitumlarni hosil bo„lishi jarayonida oraliq neftlar deyiladi.
Ikkinchi guruhdagi og„ir neftlar, Afg„ona-Tojik botiqligida tarqalgan bo„lib,
paleogen yotqiziqlarida yuqori oltingurgutli ( 5% gacha) kam benzinli neft, aromatik
uglevodorodlar (NK – 300
0
С fraksiyada o„rtacha 28 %), tarkibida 25 % gacha azot,
15 % gacha uglerod ikki oksid bo„lgan gazlar bilan boyigan.
Bunday neftlar, karbonat-sulfat yotqiziqlarida
yotadi va ular