Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish samaradorligini oshirish


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 118,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix20.12.2023
ölçüsü118,58 Kb.
#187354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yuqori-qovushqoqli-neft-va-tabiiy-bitum-konlarini-qazib-chiqarish-samaradorligini-oshirish

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 11 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
81
 
November, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Qaynoq suv yordamida neftni siqib chiqarish
.
Bu metod yuqori 
qovushqoqlikka ega bo„lagan neft uyumlarini ishlatishda, shuningdek, yuqori 
parafinli neft uyumlaridan neft chiqarib olish koeffitsiyentini oshirishda qo„llaniladi. 
Bu metodda ham neftni chiqarib olish koeffitsiyentini oshirishda qatlamga bug„ 
haydash metodida qayd qilingan omillardan foydalaniladi. Lekin qaynoq suv 
yordamida qatlamdan neftni siqib chiqarish metodi kam samarali bo„lib, qatlamni 
qizdirishga juda katta miqdorda suv haydashni talab qiladi. Qatlamning qizish zonasi 
neftni siqib chiqarish frontidan kechikkanligi sababli mahsuldor qatlamga undagi 
bo„shliq hajmidan 3-4 marta ko„p hajmdagi qaynoq suv haydaladi. 
Ushbu metod uyumni ishlatish chog„idagi temperaturaning ozgina pasayishi 
natijasida qatlamda parafinning cho„kishi va jins g„ovaklarining bekilib qolishi 
mumkin bo„lgan sharoitlarda qo„llaniladi. Parafinning cho„kishining oldini olish 
maqsadida temperaturasi qatlam temperaturasidan yuqori bo„lgan qaynoq suv 
qatlamga haydaladi (suv quduq tubiga etib borguncha temperaturasining yo„qotishi 
hisobga olinadi). 
Shuningdek, obyektlarni tanlashda xuddi qatlamga bug„ haydashdagi kabi 
qaynoq suv haydashda ham quduqda va qatlamda issiqlik yo„qotilishi hisobga olinadi 
[5]. 
XULOSA 
Shunday qilib, yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum zaxiralari ananaviy 
kichik va o„rta qovushqoqlikga ega bo„lgan neft zaxiralariga nisbatan bir qancha katta 
bo„lib, dunyoda qazib olish murakkab bo„lgan xomashyo konlari keng tarqalgan. 
Og„ir neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish bo„yicha Kanada, AQSH, 
Rossiya, Venesuela, Nigeriya va boshqa davlatlarda jadal amalga oshirilmoqda. 
Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitumlarlarni kompleks xomashyo sifatida 
qarash kerak. Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitumlarlar tarkibiga neftli kislota, 
sulfokislotalar, oddiy va murakkab efirlar kabi qimatbaho geteroorganik brikmalar
noyob katalizator manbayi bo„lib, xizmat qiladigan metalloporfirinlar, 
sensibilizatorlar, organik yarim o„tkazgichlar kabi noyob komponentlar uchraydi. Bu 
komponentlar va birikmalar tibiyotda, biotexnologiyada, kimyoviy texnologiyada 
mikroelektronikada foydalaniladi, shuning uchun, texnologiya jadal rivojlanadigan 
davlatlarda bu maxsulotlarga talab yuqori.
Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitumlarni qazib qicharish yo„nalishini 
rivojlantirish, quyidagi ishlarni o„z ichiga oladi: 
-yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum konlarini qazib 
chiqarish bo„yicha chet el tajribasini o„rganish; 



Yüklə 118,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin