Yuqori qovushqoqli neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish samaradorligini oshirish


Yuqori qovushqoqli va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish



Yüklə 118,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix20.12.2023
ölçüsü118,58 Kb.
#187354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
yuqori-qovushqoqli-neft-va-tabiiy-bitum-konlarini-qazib-chiqarish-samaradorligini-oshirish

Yuqori qovushqoqli va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarish 
texnologiyalari 
Og„ir neft va tabiiy bitum konlarini qazib chiqarishning turli usullari mavjud 
bo„lib, texnologik va iqtisodiy tavsifi bilan farqlanadi. Qazib chiqarishning u yoki bu 
texnologiyalarini qo„llash qatlamning geologik tuzilishi va yotish sharoiti, qatlam 
flyudlarining 
fizik-kimyoviy 
xususiyati, 
uglevodorod 
xomashyosining holati va zaxirasi, iqlimiy geografik sharoiti va b. 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 11 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
75
 
November, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
bilan asoslanadi. Ularni shartli ravishda qo„llash bo„yicha turlicha bo„lgan guruhlarga 
bo„lish mumkin: 
1 – qazib chiqarishning karyerli va shaxtali usuli;
2 – qazib olishning “sovuq” usuli;
3 – qazib olishning issiqlik metodlari. 
Qazib chiqarishning karyerli va shaxtaliy usuli. 
Tabiiy bitum uyumlari ochiq (karyerli yoki ma‟danli) va yerosti (shaxta, 
shaxtali-quduqli) metodlar orqali qazib chiqariladi. 
Qattiq bitumli slanslar deyarli yer yuzasiga yotishi mumkin, lekin bitumli 
jinslarning yotish chuqurligi 750 metrgacha yetishi mumkin (Kanadaning Pis River 
koni), ba‟zan undan ham chuqurda yotishi mumkin. Odatda qazib chiqarish 
chuqurligi 150-200 metrdan oshmaydi, ko„p hollarda bundan ham kam chuqurlikda 
qazib chiqarish ishlari olib boriladi.
Karyerli metod bilan neft mahsulotini olish ikkita asosiy operatsiyadan tashkil 
topgan: neftli jinslarni yer qa‟rida qiqarib olish va neftni ajratib olish uchun boyitish 
fabrikasida tashish. Bu metod bilan qazib olish konda kapital va ekspluatatson 
xarajatlar kam bo„ladi va jinslardan uglevodorod olish bo„yicha qo„shimcha ishlarni 
o„tkazilgandan keyin yuqori koeffitsiyentdagi neftberaoluvchanlik ta‟minlanadi: 65 
dan 85 % gacha. Jinslarni yuqoriga olib chiqish uchun mashina-ekskavatorla, 
skreperlar, buldozerlar va boshqa yeryorish texnikalaridan foydalaniladi.
Kanadadagi (Alberta provinsiyasi) Atabaska bitumli qum koni dunyodagi eng 
yirik kon hisoblanai. Qumlarning qalinligi 90 metrgacha, yotish chuqurligi 600 
metrgacha. Qumlar kvarsli g„ovkligi 30 % gacha. Bitumga to„yinganligi 2 dan 18 % 
gacha, o„rtacha 8%.
Shaxtaliy usul bilan qazib chiqarishni ikki xil modifikatsiyada olib borish 
mumkin: tozalash shaxtasi (uglevodorodga to„yingan jinslarni yer yuzasiga ko„tarib 
chiqish) va shaxtali-quduqlar (qatlam ustidagi jinslarda ishlov berish va bulardan 
ishlov berilgan tog„ jinslarida neft yig„ish uchun mahsuldor qatlamda vertikal va qiya 
quduqlarni burg„ulash)[5].
Tozolvchi shaxtali usul faqat 200 metr chuqurlikgacha bo„lgan mahsuldor 
qatlamlarda qo„llaniladi, bu usul quduqli metodlar bilan solishtirganda 
neftberaoluvchanlik koeffitsiyenti ancha yuqori (45 % gacha). Bu usulni katta 
chuqurlikda qo„llaganda uglevodorodga to„yinmagan jinslardan o„tishi hisobiga 
metodning rentabelligi pasayadi, chunki hozirgi vaqtda jinslarda uglevodorodlardan 
tashqari kamyob metallar mavjud bo„lgan holda bu usul iqtisodiy 
jihatdan samarali hisoblanadi. Qazib chiqarishning shaxta-quduqli 
metodi 400 metr chuqurlikgacha bo„lgan mahsuldor qatlamlarga 



Yüklə 118,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin