Yuqori tartibli hosilalar


Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi



Yüklə 97,64 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü97,64 Kb.
#199440
1   2   3
MODULNING MAKSIMUM PRINSIPI. KOSHI TURIDAGI INTEGRAL. YUQORI TARTIBLI HOSILANING MAVJUDLIGI. ANALITIK FUNKSIYANING YUQORI TARTIBLI HOSILASI.

2. Ikkinchi tartibli hosilaning mexanik ma’nosi.

Ikkinchi tartibli hosila sodda mexanik ma’noga ega. Faraz qilaylik moddiy nuqtaning harakat qonuni s=s(t) funksiya bilan aniqlangan bo‘lsin. U holda uning birinchi tartibli hosilasi v(t)=s’(t) harakat tezligini ifodalashi bizga ma’lum. Ikkinchi tartibli a=v’(t)=s’’(t) hosila esa harakat tezligining o‘zgarish tezligi, ya’ni harakat tezlanishini ifodalaydi.


Misol. Moddiy nuqta s=5t2+3t+12 (s metrlarda, t sekundlarda berilgan) qonun bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qilmoqda. Uning o‘zgarmas kuch ta’sirida harakat qilishini ko‘rsating.
Yechish. s’=(5t2+3t+12)’=10t+3; s’’=(10t+3)’=10, bundan a=10m/s2 bo‘lib, harakat tezlanishi o‘zgarmas ekan. Nьyuton qonuni bo‘yicha kuch tezlanishga proportsional. Demak, kuch ham o‘zgarmas ekan.
II. Asosiy qism.
1. Yuqori tartibli hosilaning asosiy xossalari.


1-xossa. Agar u(x) va v(x) funksiyalar n-tartibli hosilalarga ega bo‘lsa, u holda bu ikki funksiya yig‘indisining n -tartibli hosilasi uchun
(u(x)+ v(x))(n)= u(n)(x)+ v(n)(x)
formula o‘rinli bo‘ladi.
Isboti. Aytaylik y=u+v bo‘lsin. Bu funksiyaning hosilalarini ketma-ket hisoblash natijasida quyidagilarni hosil qilamiz: y’=u’+v’, y’’=(y’)’=( u’+v’)’=u’’+v’’.
Matematik induksiya metodidan foydalanamiz, ya’ni n=k tartibli hosila uchun y(k)=u(k)+v(k) tenglik o‘rinli bo‘lsin deb faraz qilamiz va n=k+1 uchun y(k+1)=u(k+1)+v(k+1) ekanligini ko‘rsatamiz.
Haqiqatan ham, yuqori tartibli hosilaning ta’rifi, hosilaga ega bo‘lgan funksiyalar xossalaridan foydalanib y(k+1)=(y(k))’=(u(k)+v(k))’= =(u(k))’+(v(k))’= u(k+1)+v(k+1) ekanligini
topamiz.
Matematik induksiya prinsipiga ko‘ra y(n)=u(n)+v(n) tenglik ixtiyoriy natural n uchun o‘rinli deb xulosa chiqaramiz.
2-xossa. O‘zgarmas ko‘paytuvchini n-tartibli hosila belgisi oldiga chiqarish mumkin: (Cu)(n)=Cu(n).
Bu xossa ham matematik induksiya metodidan foydalanib isbotlanadi. Isbotini o‘quvchilarga qoldiramiz.
Misol. y= funksiyaning n-tartibli hosilasi uchun formula keltirib chiqaring.
Yechish. Berilgan kasr-ratsional funksiyaning maxrajini ko‘paytuvchilarga ajratamiz: (x2-5x+6)=(x-2)(x-3). So‘ngra
(6)
tenglik o‘rinli bo‘ladigan A va B koeffitsientlarni izlaymiz. Bu koeffitsientlarni topish uchun tenglikning o‘ng tomonini umumiy maxrajga keltiramiz va ikki kasrning tenglik shartidan foydalanamiz. U holda 2x+3=A(x-3)+B(x-2), yoki
2x+3=(A+B)x+(-3A-2B)
tenglikka ega bo‘lamiz. Ikki ko‘phadning tenglik shartidan (ikki ko‘phad teng bo‘lishi uchun o‘zgaruvchining mos darajalari oldidagi koeffitsientlar teng bo‘lishi zarur va yyetarli) quyidagi tenglamalar sistemasi hosil bo‘ladi:

Bu sistemaning yechimi A=-7, B=9 ekanligini ko‘rish qiyin emas. Topilgan natijalarni (1) tenglikka qo‘yamiz va yuqorida isbotlangan xossalardan foydalanib, berilgan funksiyaning n-tartibli hosilasini kuyidagicha yozish mumkin:
y(n)=-7 +9 (7)
Endi va funksiyalarning n-tartibli hosilalarini topishimiz lozim. Buning uchun u= funksiyaning n-tartibli hosilasini bilish yyetarli. Bu funksiyani u=(x+a)-1 ko‘rinishda yozib, ketma-ket hosilalarni hisoblaymiz. U holda


u’=-(x+a)-2, u’’=2(x+a)-3, u’’’=-23(x+a)-3=-6(x+a)-4.
Matematik induksiya metodi bilan
u(n)=(-1)nn!(x+a)-n-1 (8)
Shunday qilib, (8.7) va (8.8) tengliklardan foydalanib quyidagi
y(n)=-7(-1)nn!(x-2)-n-1+9(-1)nn!(x-3)-n-1=(-1)nn!
natijaga erishamiz.

Yüklə 97,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin