Yuqumli kasalliklari haqida umumiy tushuncha. Infeksiyaning tarqalish yo`llari


Dezinfeksiya. Dezinseksiya. Deratizatsiya



Yüklə 23,72 Kb.
səhifə4/6
tarix05.05.2023
ölçüsü23,72 Kb.
#108080
1   2   3   4   5   6
YUQUMLI KASALLIKLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA

Dezinfeksiya. Dezinseksiya. Deratizatsiya.
Dezinfeksiya - mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish.
Dezinfeksiya 3 usulda o'tkaziladi:
1.Mexanik usul - zararlangan buyumlarni, idish-tovoqlar, kiyim, ko'rpa-to'shaklarni yuvish, supirish, qoqish, artish yo'llari bilan zararsizlantirish.
2.Fizik usul - zararlangan buyumlarni nurlar ta'sirida, qaynatish, bug`lash yo'llari bilan zararsizlantirish.
3.Kimvoviy usul - zararlangan buyumlarni dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar ta'sirida zararsizlantirish.
Quyidagi kimyoviy moddalar dezinfeksiyalash uchun qo`llanadi: xloramin va xlorli ohakning 0,1, 0,2, 0,5, 1,0, 2,0 10%, 20% lik eritmalari. Shuningdek, lizol, sulema va boshqa dezinfeksiyalovchi kimyoviy moddalar.
Bu eritmalar yordamida binoning eshik-derazalari, pol artiladi, yuviladi, chiqindilarga kimyoviy moddaning eritmasi yoki poroshogi sepiladi, jarrohlik asboblari, shprits-ignalar, sartaroshlik asboblari eritmalarga botirib qo'yiladi.
Dezinfeksiya o'tkazish vaqtiga ko'ra 3 turga bo'linadi:
1.Profilaktik dezinfeksiya - bunda har bir odam foydalanishi mumkin bo'lgan buyumlar, idish-tovoqlar foydalanishdan oldin muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
2.Joriy dezinfeksiya-bemor yashab turgan xona har kuni muntazam ravishda, zararsizlantirib turiladi.
3.Yakunlovchi dezinfeksiya - bemor uyidan shifoxonaga yuborilganda, u yashab turgan uydagi xona dezinfeksiya qilinadi, yoki bemor shifoxonada yotgan xonadan boshqa xona yoki boshqa bo`limga ko'chirilsa, yoki uyiga javob berilsa, u yotgan xona dezinfeksiya qilinadi.
Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurashishdir.
Dezinseksiya 3 usulda o'tkaziladi: mexanik, fizik, kimyoviy.
Amaliyotda asosan kimyoviy dezinseksiya ko'proq ishlatiladi. Buning uchun hashoratlarga qarshi xlorofos, dixlofos, muksin va boshqa kimyoviy moddalar qo'llanadi.
Deratizatsiya - kemiruvchilar (sichqon, kalamish, yumronqoziq kabilar) ga qarshi kurashish tadbiridir.
Deratizatsiya 3 usulda o'tkaziladi:

Yüklə 23,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin