Yuridik psixologiya


Jinoyatchi shaxs to’g’risida so’z yuritilganda uning psixologik aspektlariga e’tibor berish lozim



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə75/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Jinoyatchi shaxs to’g’risida so’z yuritilganda uning psixologik aspektlariga e’tibor berish lozim. Bu aspektlar nimalardan iborat? Shaxsni o’rganish davomida uning atrofu muhit bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy, madaniy sharoitlar muxim ahamiyatga ega. Bu sharoitlar jinoiy ishni sodir etishda katta rol o’ynaydi va uning moxiyatini oydinlashtirishda qo’l keladi. Ijtimoiy sharoitlar jinoiy qilmishda o’z aksini topadi va shaxsning xatti harakatlari orqali namoyon bo’ladi. Bu sharoitlar uzoq muddat davomida qatlamlashib shaxsning o’zida muhrlanib qoladi va keyinchalik nafaqat alohida jinoiy hodisalar, balki huquqbuzarliklarga olib keladi.
Jinoyatchi shaxs oddiy insondan qaysi tomonlari bilan farq qiladi va qanday xususiyatlarga ega?
Ularni psixologik va ijtimoiy taqqoslash davomida quyidagi natijalar namoyon bo’ladi:
jinoyatchining:
-yuqori darajada notinchligi va o’z o’ziga ishonmasligi, shavqi tez, tajavuzkor, jamiyatning qadriyatlaridan uzoq;
- ahloqiy va huquqiy normallariga oid talabalarni yaxshi o’zlashtirmagan, kichik guruhlardan uzoqlashgan ( oila, ishchi jamoa va boshqalar);
-kichik guruhlarga ijtimoiy foydasi tegmasligi kabi belgilari mavjud.
Bunday tavsifnomalar shaxslar tomonidan bosqinchilik, o’g’rilik, odam o’ldirish, tajovus ko’rsatish, badaniga shikast yetkazish kabi jinoiy qilmishlarni keltirib chiqaradi.
Yuqoridagi jamiyatga qarshi bo’lgan qarashlar va yo’nalishlar jinoyatchini boshqa odamlardan ajratib turadi va bu qarashlar jinoiy qilmishining sabablarini belgilab beradi.
Bunday qarash va yo’nalishlar o’z individualshaxsiy shakllarga ega va biologik tomonidan isbotlangan bo’lib hayot sharoiti va tarbiyaning ta’siri ostida o’z ma’nomazmunini to’ldirib turadi.
Odam jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, u jinoyatchi bo’lib shakalanadi. Noqulay sharoitlar ta’siri ostida uning shaxsi asta sekinlik bilan o’z ifodasini topadi. Lekin bu sharoitlar jinoiy qilmishni keltirib chiqarmaydi, lekin shaxsning ichki dunyosi va psixologiyasini vujudga keltiradi. Inson o’z psixologik tabiyatiga tegishli bo’lgan hayotiy sharoitlarni tanlaydi va qabul qiladi.
Har qanday individ shaxs sifatida mavjud munosabatlar, rivojlanish va ongning mahsulidir. Lekin bu munosabatlarning shaxs tomonidan qabul qilinishi har hil bo’lib turli harakatlarga olib keladi. Shaxsning qadriyat, normalar, ijtimoiy institutlar va guruhlarga bo’lgan munosabati tashqi va ichki sharoitlarga bog’liq. Mavjud bo’lgan ushbu bog’liqlik ikki taraflama psixologik va ijtimoiy nuqtai nazarlar orqali o’rganiladi. Shaxsni, shu jumladan jinoyatchi shaxsni ham psixologik ham ijtimoiy tomonlar orqali o’rganib chiqish zarur ekanligini qator olimlar tavsiya etganlar (Ratinov A.R., Igoshev K.Ye., Glazыrin X.R., Dulov A.V, Vasilyev V.L. va boshq.).

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin