Yuridik psixologiya


- Mavzu: Sudya, davlat prokuror (ayblovchisi) va advokatning kasbiy-psixologik xususiyatlari (2 soat)



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə11/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157
Юридик псих. мажмуа

15- Mavzu: Sudya, davlat prokuror (ayblovchisi) va advokatning kasbiy-psixologik xususiyatlari (2 soat)
Sudya, prokuror va advokatlar faoliyatidagi mukammallik, bilimdonlik, kasbiy mahorat, ko‘nikma va sezgirlik jarayonlari. Sudya, prokuror, advokatlarning shaxsiy sifatlari va ular fikrining muhimligi. Sudya va xalq maslaxatchilari o‘rtasidagi munosabat psixologiyasi prokurorning ayblov va advokatning oqlov nutqlarining psixologik xususiyatlari.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: M’aruza, dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bumerang, aqliy hujum, munozara.
Adabiyotlar: A1; A2; A4; A6; Q1; Q2; Q3; Q7; Q8.
16- Mavzu :Sudlangan shaxs psixologiyasi va qayta tarbiyalash (resotsializatsiya) masalasi (2 soat)
Sudlangan mahkum shaxsini o‘rganish. Uning sud tomonidan tayinlanadigan jazo chorasiga munosabati. Qayta tarbiyalash va axloq tuzatish faoliyati masalalari. Jinoyatchini qayta tarbiyalash uning shaxsini qayta shakllantirish sifatida. Mahkumni qayta tarbiyalash maqsadida uning shaxsiga ta’sir qiladigan psixologik choralar tizimi. Mahkumning shaxsiy yo‘nalishini o‘zgartiruvchi choralar. Jinoyatchi shaxsida namunali shaxs stereotipini yaratishga erishish. Ijtimoiy moslashgan xarakter egasini shakllantirish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: M’aruza, dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bumerang, aqliy hujum, munozara.
Adabiyotlar: A1; A2; A4; A6; Q1; Q2; Q3; Q7; Q8.
17- Mavzu : Mahkum shaxsini va jazoni o‘tab qaytgan shaxsni qayta tarbiyalashning psixologik vositalari va shartlari (2 soat)
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda mahkumning ijtimoiy- psixologik holatini hisobga olish. Tarbiyachi va maxbus o‘rtasidagi «psixologik to‘siqni» bartaraf etish. Mahkum shaxsini qayta tarbiyalashda asosiy vosita sifatidagi mehnatni tashkil etishning psixologik xususiyatlari. Mahkumni qayta tarbiyalashda fakultativ omillarning roli, (o‘qitish, ijodkorlik, faollik).
Mahkumlar mehnat kollektivining funksional va strukturaviy tashkiloti, unda jamoat fikri, guruhiy qadr- qimmatning ijobiy psixologik shakllanishi. Tarbiyaviy ta’sir etishni individuallashtirish. «Pedagogik portlash» metodi va jazolash, rag‘batlantirish, ishontirish, ta’sir etish, oldindan ishontirish metodlari.
Jazoni o‘tab qaytganlarni ijtimoiy readaptatsiyalashtirishning psixologik muammolari. Ularni ozodlikda yashashga tayyorlash, qayta jinoyat sodir etishga imkon yaratuvchi omillarni bartaraf etish, ularda yangi ijtimoiy- ijobiy aloqalar, ya’ni hayotiy qiziqishlar, ko‘nikma va maqsadlarni shakllantirish.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin