Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondashuv, tayyorlangan slaydlarni videoproyektor asosida ko’rsatish, muammoli ta’lim, blis-so’rov, klaster, munozara. Adabiyotlar: A1; A3; A5; A7; A8; Q2; Q4.
Hissiyot va iroda jarayonlari Hissiyot tushunchasi va turlari. Hissiyot faoliyatni boshqaruvchi jarayon sifatida. Affekt holatida jinoyat sodir etishning psixologik tavsifi. Sog‘lom, nopatologik va chegaralangan hissiy holat (frustatsiya, agressivlik, depressiya, shok, bezovtalik, fobiya va boshqalar). Tergov va sud jaroyonlarida hissiy boshqarish va uni hisobga olish.
Iroda jarayonlari va holatlari. Iroda tushunchasi, iroda harakati ularning tuzilishi. Munozarali (nizoli) holatlarda foliyatni irodaviy boshqarish. Jinoyatni tergov kilish jarayonida iroda holatini boshkarish.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: M’aruza, dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bumerang, aqliy hujum, munozara. Adabiyotlar: A1; A2; A4; A6; Q1; Q2; Q3; Q7; Q8.
Shaxs va uning psixologik xususiyatlari tuzilishi SHaxs tushunchasi. Inson individ sifatida shaxs individuallashuvi. SHaxs rivojlanishida biologik va ijtimoiy muxitning aloqadorligi muammosi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Dialogik yondashuv, muammoli ta’lim, bumerang, aqliy hujum, munozara. Adabiyotlar: A1; A3; A4; A6; Q1; Q2; Q3; Q5; Q8.
Muomala va ijtimoiy guruhlarda shaxslararo munosabat Muomala psixologiyasi. Muomalada o‘zaro bir-birini tushunish.Muomala funksiyalari va ularning mazmuni. Muomala muloqot vositasi ekanligi. Nutq rasmiy muomalaning bir turi sifatida. Ishontirish va ta’sir qilish. Ijtimoiy guruhlarda shaxslararo munosabat. Ijtimoiy guruhlar tushunchasi va turlari. SHaxs dunyoqarashini tartibga soluvchi omil sifatida sotsial (ijtimoiy) normalar (maromlar) va ijtimoiy nazorat.
Guruhiy ong. Ijtimoiy guruhda dunyoqarash stereotipining shakllanishi. Ijtimoiy guruxda shaxslarning psixologik xurfikrliligi. Ijtimoiy guruhda (liderlik) boshchilik qilish.