20-asrda I.S.Barshevning “Jinoiy huquqshunoslik fani”, N.Ya.YanovichYanevskiyning “Jinoiy adliya to’g’risida fikrlar” kabi ishlarida psixologiya bilimlariga katta e’tibor qaratilgan.
I.S. Barshevning fikri bo’yicha “psixologiyani bilmaslik bu tirik insonlarni emas, balki o’lganlarni sud qilish demakdir”.
Badiiy asarlarda ham (F.M. Dostoyevskiy, L.N.Tolstoy, A.B.Chexov va boshq.) insonning ichki dunyosi, uning xissiyotlari, ichki tuyg’ulari haqida so’z yuritiladi.
Yuridik psixologiyaning 20-asrdagi rivojlanishiga A.F.Koni katta hissa qo’shadi. Uning asarlarida sud faoliyatining psixologiyasi, guvohlar va jabrlanuvchilar psixologiyasi va ko’rsatmalariga katta urg’u berilgan.
A.S.Tagerning “Sud psixologiya”sini rivojlantirishga katta hissa qo’shganligi uning bir necha ilmiy tadqiqot ishlarda ishtirok etganligidan dalolat beradi. U “Guvohlar turli psixologik holat va hodisalarning ta’siri ostida o’z ko’rsatmalarini bayon qilishlari mumkin”, degan fikrni ilgari suradi (ko’rish, eshitish, eslab qolish, gapirib berishning individual xususiyatlari turli vaqtlarda turlicha bo’lishi mumkin.) XX asrning 30-yillarida jamiyatda, shu jumladan ilmfanning turli tarmoqlarida keskin o’zgarishlar yuz beradi. Psixologiya fani qariyib 30- yil davomida pedagogika faniga bo’ysinib, yuridik psixologiyaga oid ishlar to’xtatilib, yirik ilm fan, san’at arboblari o’zlarining ishlaridan chetlatilib qatag’on bo’lganliklari kabi hodisalar keng tarqalgan bo’ladi.
Faqatgina 50-yillarning oxirlari va 60-yillarning boshlarida psixologiya fani va shu o’rinda yuridik psixologiya fani astasekinlik bilan katta va og’ir zarbalardan so’ng tiklana boshlaydi:
1964- yil–sobiq SK KPSS qaroriga binoan yuridik psixologiya fanini rivojlantirish va yuridik ma’lumotlarni yangilash ishlari boshlanadi. 1971-yil–sud psixologiyasiga bag’ishlangan 1-Butunittifoq konferensiyasi bo’lib o’tadi. 1986-yil–yuridik psixologiya faniga bag’ishlangan 2-Butunittifoq konferensiya Tartu shahrida tashkil qilinadi.