Yurist-huquqshunos faolitining eng muhim tomoni, bu – insonlar bilan ishlashdir. Bu masalaning mazmunmohiyati bir nechta o’zaro bog’liq bo’lgan aspektlarda ko’rishimiz mumkin:
Yuridik faoliyat bilan bog’liq bo’lgan xodimlar uchun psixologik bilimlarni egallash juda ham muhimdir. Psixologik bilimlar yuridik sohasiga doir ma’lumotlarning tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ular nafaqat yurist uchun mavjud bo’lgan maxsus muammolarni hal etishga yordam beradi, balki ish bilan birgalikda “ayblash”, “jinoyatchi shaxs”, “jinoiy xulq atvor” kabi asosiy jinoiy huquqiy tushunchalarning yechimini yuridik psixologiya nuqtai nazaridan ko’rib chiqishni talab etadi.
Psixologiya fanining turli tarmoqlari mavjud va ular tomonidan inson psixikasi aniq shart-sharoitlarda o’rganiladi, masalan:
Ilk bor psixologiya va yurisprudensiya sohasining birgalikdagi ilmiy tadqiqotlari va ular natijasida olingan ma’lumotlar "sud psixologiyasi" atamasi bilan fanlar tizimida o’z o’rnini egallay boshlagan edi (1690, 1720). Lekin yuridik psixologiya o’z yo’nalishini fan sifatida XIX asrning oxirida isbotlashga qadam qo’ydi. Yuridik psixologiya ilmiy pedagogik fan bo’lib hisoblanib “inson-huquq” tizimidagi psixologik qonuniyat va tamoyillarni o’rganishga va bu tizimning samaradorligini oshirish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga harakat qiladi.