Proprioreseptorlar harakatining afferent asosi ekanligi A. A. Orbeli, P. K. Anoxin (hayvonlarda), N. A. Bernshteyn (odamlarda) tomonidan o’rganilgan. Psixologik ma’lumotlarga ko’ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sezgilarda o’z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo’lib o’zaro birbiriga perpendikulyar bo’shliqda tutash holatda yotadi.
Masalan, bosh holatining o’zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi: a) o’zgarish endolimfa suyuqligiga bog’liq qo’zg’alish;
b) eshitish nervi;
v) vestibulyator nerv;
g) bosh miya po’stining chakka bo’lmasi;
d) miya apparatiga o’tadi.
Vestibulyator sezgirlik apparati qurish bilan bevosita aloqada bo’lib, fazoni oriyentirlash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomabilning yo’ldan o’tishi (qatnovi), qalin o’rmonni kesib o’tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Eksterioreseptiv sezgilar modallikdan (5 tadan) tashqari intermodal nospesifik sezgi turkumlariga ham ajratiladi.
Masalan, eshitish organi (a’zosi) orqali sekundiga 1015 tebranishni sezish mumkin, lekin quloq bilan emas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog’i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash – vibrasiya sezgirligi deyiladi. Masalan, karlarning tovushlarni idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda vibrasion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi.
Intermodalning boshqa bir ko’rinishi mana bunday holatda namoyon bo’ladi: a) hid, ta’m va maza sezgilarida;
b) o’ta kuchli tovushda, o’ta yorqin yorug’likda;
v)tricheminal, ya’ni uch xil ta’sirning uyg’unlashgan, integrativ holatida kabilar.
Sezgining nospesifik shakli – terining foto sezgirligi ranglarning nozik jilolarini ajratish, qo’l uchlari bilan sezish orqali ro’yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A. N. Leontyev tomonidan kashf qilingan bo’lib, bu narsa ko’pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo’l uchiga yashil va qizil rangli yorug’lik yuborish orqali dunyo yuzini ko’rgan. Rang signallarining og’riq qo’zg’atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib borilganda, insonni faol mo’ljallash (oriyentirlash) jarayonida uning qo’l uchi terisiga kelib tushadigan rang nurlarini farqlashga o’rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida trening foto sezgirligi tabiati hali yetarli darajada o’rganilgani yo’q. Shunga qaramasdan, talamitik tizim va po’st ostining qo’zg’alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan, atrofga yoyilgan (tarqalgan), rudimentlar yorug’lik sezish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi.
Ko’pincha “oltinchi tuyg’u, hissiyot” sharofati bilan inson tomonidan “masofa”ni sezish, ko’r odamlarda to’siqni his qilish ushbu jarayon uchun yorqin misol bo’la oladi.
Ehtimol, yuz terisining issiq havo to’lqinlarini idrok qilish, to’siq oralig’ida mavjud bo’lgan tovush to’lqinlarini (tebranishlarini) o’zida aks ettirish terining foto sezgirligini ilmiy jihatdan izohlashga muayyan negiz (asos) bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Sezgilarning quyi chegarasi mazkur analizatorlarning mutlaq (absolyut) sezgirligi darajasini aniqlaydi. Mutlaq (absolyut) sezgirlik bilan sezgi chegaralarining me’yori o’rtasida teskari mutanosiblik (proporsionallik) mavjud; sezgi chegarasining me’yori qanchalik kichik bo’lsa, mazkur analizatorlarning sezgirligi shunchalik yuksak bo’ladi.
Analizatorlar sezgilarning yuqori chegarasiga ham egadirlar. Ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchiga nisbatan tag’in adekvat, ya’ni aynan sezgini hosil qila oladigan qo’zg’atuvchining yuqori mutlaq (absolyut) chegarasi deyiladi. Reseptorlarga ta’sir qilayotgan qo’zg’atuvchining kuchini bundan keyin ham ortib borishi reseptorlarda faqat og’riq sezgisini yuzaga keltiradi.
Mutlaq (absolyut) chegaraning me’yori sharoitga qarab o’zgaradi: inson faoliyatining xususiyatlariga, uning yoshiga, reseptorlarning funksional holatiga, qo’zg’atuvchining kuchi hamda davomiyligiga va hokazoga bog’liq holda o’zgarishi mumkin.
Sezgilar o’rtasida yuzaga keladigan farqni hosil qilish ikki qo’zg’atuvchi o’rtasidagi minimal farqni farq ajratish chegarasi deb ataladi. Nemis fiziolog olimi Veber odamning o’ng va chap qo’lidagi ikkita narsadan og’irrog’ini aniqlay olish qobiliyatini tekshirib, shunday xulosaga keladi: farq ajratish sezgirligi mutlaq (absolyut) xususiyatga ega bo’lmay, balki nisbiy xususiyatga egadir.
Masalan, 100 g. 13, 42 gramm 1000 g. 33, 3 gramm