Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar (eksteroreseptiv, prioreseptiv, interoreseptiv) o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi:
Ko’rish sezgilari
Eshitish sezgilari
Hid bilish sezgilari. Eksteroseptiv
Ta’m bilish sezgilari
Teri sezgilari
Muskulharakat (kinestetik)
Statik sezgilar. Proprioseptiv
Organik sezgilar. Interoseptiv
2. Idrok to’g’risida umumiy tushuncha.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.
Idrok tushunchasi lotin tilida «percyeptio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersepsiya» (lotincha ad-ga percyeptio-idrok, qabul qilish) deyiladi.
Appersepsiya idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan birbirlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zining bilim saviyasi, maslagi, pozisiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar.
Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindoshurug’chilik shaklida ko’z o’ngiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to’liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning ma’nosi o’rnida qo’llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko’ra appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko’rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali, pozisiyasi, motivasiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulqatvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga bog’liq bo’lib, u o’ta murakkab tuzilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emosional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shijoati, stress, affektiv ko’rinishdagi his-tuyg’ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o’z ifodasini topadi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrofmuhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo’lishi, muayyan obyektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita in’ikos qilinadi. Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi.
Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obyektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga bog’liq bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivasiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib vaqt birligini idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obyektiv jihatdan (kechinmalar, his-tuyg’ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida) tez o’tganday idrok qilinadi, odatda yoqtirmaslik, idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt «sekin» o’tish tuyg’usini uyg’otadi.
Biosfera va noosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba’zan nisbiy jihatdan boshqa ijtimoiy, siyosiy tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o’rin almashinuvini bevosita (bavosita) in’ikos ettirishdan iboratdir.
Xuddi shu sababdan harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbat berilmasdan (taqqoslanmasdan) idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o’tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi.
Agarda harakatlanayotgan jism hyech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko’rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan (nisbatsiz) idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok qilish voqyelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini, shaklini, miqdorini va birbiriga nisbatan munosabatlarini aks ettiruvchi bilish jarayonning shaklidir.
Voqyelikni idrok qilish orqali inson borliq to’g’risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar, axborotlar to’plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo’l yordamida muayyan obrazlar (timsollar, tavsiyalar, imidj) mujassamlashadi, natijada yaxlit in’ikos etish holati yuzaga keladi, bilishga oid aksariyat mahsullar to’planadi.
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunoncha «phainomenon»noyob, g’ayriodatiy holat degan ma’no anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo’lishi mumkinligi to’g’risida ma’lumot beradi.
Ular jahon psixologiyasi fanida gallyusinasiya (lotincha hallucinftio» alahlash, bosinqirash, valdirlash, ya’ni yo’q narsalarning ko’rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «illusio» –xato, adashish, yanglashish degan ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction»o’ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko’rinish (ruscha «yasnovideniye»yaqqol oldindan ko’rish, yaqqol g’oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqyealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinasiya deyiladi.
Gallyusinasiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, ba’zan qo’rqich hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patologik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin.
Bizningcha, gallyusinasiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lishi mumkin, ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:
a) yo’q narsalarning ko’zga ko’rinishi;
b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;
v) yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’g’ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayonning noyob hodisasidir. Ba’zan psixologiya fanida noto’g’ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo’zg’atuvchilar konfigurasiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o’zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adaye gguatus», ya’ni teppateng, mutlaqo mos, ayni to’g’ri demakdir. Hozirgi davrda ko’rish idrokini kuzatishning eng samaralisi bu tasvirlarning ikki o’lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shakllar o’rtasida o’lchov munosabatining buzilishida namoyon bo’ladi. Tasvirlar yorug’ fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast fransuzcha «Contraste» – keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so’z bilan aytganda, yorug’lik bilan fon o’rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi fransuzcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag ma’nosini bildiradi.
Dostları ilə paylaş: |