Xotiraga oid atamalar va ularning sharhi. Mnema (yunoncha mnemaxotira) mnema; xotiraning o’ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta’limotiga ko’ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobig’ida hosil bo’lgan muvaqqat asab bog’lanishlaridir. Shuningdek, bog’lanishlarning hosil bo’lishi, ularning mustahkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir.
Mnemometr-mnemometr; xotira sohasidagi tajribaviy ilmiy tekshirishlarda esda qoldirilishi zarur bo’lgan so’z, harf, son hamda tasvirlarni qat’iy ma’lum vaqt oralig’ida avtomatik ravishda ko’rsatish uchun qo’llaniladigan mexanik yoki elektr apparati.
Mnemonika-mnemonika; esda qoldirishni yengillashtirish maqsadida sun’iy ravishda maxsus chizmalari, shartli belgilar tariqasida qo’llaniladigan usullar yig’indisi. Mnemonika ko’proq assosiativ (o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik) qonunlariga asoslangan bo’lib, faqat o’zaro bog’langan ma’lumot va materiallarni esda qoldirish uchun qo’llaniladigan yordamchi usullar yig’indisi.
Amneziya (yunon. Ainkor- yuklama, mnemaxotira) amneziya; xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat ruhiy nuqson. Amneziya (xotira nuqsoni) holatida kishi ba’zan hatto o’z ismi sharifini unutib qo’yishi ham mumkin. Amneziya holati turli kasalliklarda (mas. meningit) yoki bosh miya qobig’ining zararlanishi natijasida sodir bo’ladi.
Assosiasiya (lotincha associstio-birlashish, qo’shilish) birlashish, uyushish ongimizdagi avvalgi turmush tajribalari bilan belgilanadigan tasavvurlar bog’lanishi, shu bog’lanishlar tufayli ongimizda paydo bo’ladigan muayyan tasavvurlar o’xshashlik, yondoshlik va qarama-qarshilik belgilariga ko’ra, shunga bog’liq bo’lgan boshqa tasavvurlarni hosil qiladi. Masalan, «besh karra besh» degan iborani idrok qilganimizda, bosh miya qobig’ida shunday bir vazifalar bog’lanish hosil bo’ladiki, natijada biz «yigirma besh» degan miqdorni eslaymiz. Ruhiy uyushmalar tashqi ta’surotlar tufayli hosil bo’lib, voqyelikdagi narsa va hodisalarning yaqqol bog’lanishlarini aks ettiradi. Inson ruhiy hayotida ularning ahamiyati katta; bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish o’sha uyushmalarga asoslanadi. Ularning fiziologik asoslari bosh miya yarim sharlari qobig’idagi muvaqqat asab bog’lanishlaridir.
Reministensiya(lotincha remininiscyen – sal-pal eslash) reministensiya; zarur paytda esga tushmagan yoki avval unitilgan deb hisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unitish. Reministensiyaning sababi asab tizimining charchashi, zaharlanishi yoki shaxsning kuchli xayajonlanishi va hokazolardan kelib chiqishi mumkin. 1
Eydetizm (yunon. yeidos - obraz) eydetizm; avval idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini (timsollarini, tasvirlarini) ongda aniq, to’liq va yorqin holda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan ruhiy hodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida.
Paramneziya (yunon. para oldida, yonida, mnesis eslash)paramneziya; sodir bo’layotgan voqyelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo’lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi; yolg’on esdaliklar yoki xotiraning aks etishi (illyuziyasi).