Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə54/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Юридик псих. мажмуа

Musiqa xotirasi avval idrok qilingan musiqa obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va keyinchalik ularni qayta esga tushirishdan iborat xotira turi.

  • Kasbiy xotira bevosita o’z kasbiga doir narsa va hodisalarni, fikr, mulohaza, hissiyot, harakatlarni esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Masalan, o’qituvchi talaba hamda o’quvchilarning psixik xususiyatlarini, o’z faniga oid qoida va qonuniyatlarini; davlat avtomobil nazorati xodimlari ko’proq avtomashinalarning raqamlari va tuslarini; sportchi o’z sohasiga taalluqli xatti-harakatlar, musobaqalar ko’rigini, hamkasblarini esda qoldirish va esga tushirishga moyildirlar.

    23. Fenomenal (gr. – noyob) xotira idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning bog’lanishi munosabatlarini favqulodda tez hamda aniq esda qoldirish va esga tushirishga qaratilgan nodir qobiliyati.

    1. . Eshitish xotirasi tovush qo’zg’atuvchilarini sezish, idrok qilish natijasida hosil bo’lgan eshitish obrazlarini esda qoldirish, mustahkamlash va esga tushirishdan iborat xotira turi. Eshitish xotirasi asosan ko’zi ojiz kishilarga va musiqachilarda kuchli rivojlangan bo’ladi.

    25. Esda qoldirish idrok qilingan materiallarni, narsa va hodisalarni ongimizda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
    26. Ixtiyorsiz esda qoldirish idrok qilingan narsa va hodisalarni, ularning ayrim belgilari va xususiyatlarini, ular haqidagi fikr hamda tushunchalarni oldindan aniq maqsad qo’ymagan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. I. P. Pavlovning fikricha, ixtiyorsiz esda qoldirish bosh miya yarim sharlari qobig’ining ma’lum darajada tormozlangan uchastkalari orqali ro’y beradi. Shuning uchun ham ixtiyorsiz esda qoldirilgan narsalarni biz keyin payqab qolamiz.
    27. Ixtiyoriy esda qoldirish idrok materialini maqsadga muvofiq, uning muhimligini anglangan holda, irodaviy va asabiy kuch sarflab esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni.
    28. Ma’nosiga tushunmay (mexanik) esda qoldirish muayyan materialni uning mazmuniga, mohiyatiga tushunmasdan, quruq yodlash asosida esda qoldirish. Unday esda qoldirishning asosiy sharti materialning ko’p marta takrorlanishidir. Bunday esda qoldirish ko’pincha bog’cha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalarga xosdir.
    29. Mantiqiy esda qoldirish materialning ma’nosiga tushunib, uning alohida qismlari o’rtasida mantiqiy bog’lanishlar hosil qilgan holda esda qoldirishdan iborat xotira jarayoni. Mantiqiy esda qoldirish esda qoldirishning eng tejamli hamda mahsuldor turidir.
    30. Esda qoldirish tezligi shaxsning muayyan materialni idrok qilish bilan esda qoldirish o’rtasidagi vaqt birligi bilan belgilanadigan yakkahol (individual) xotira xususiyati. Esda qoldirish tezligi shaxsning qiziqishiga, qobiliyatiga va iste’dodiga, bilim darajasiga, yoshiga va boshqa uning yakkahol, betakror xususiyatlariga bog’liq.
    31. Tezkor (operativ. lot. operativtezkor) xotira inson tomonidan bevosita amalga oshiriladigan ko’z harakatlari, aqliy harakatlar uchun xizmat qiluvchi xotira jarayonidan iboratdir. Masalan, matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz, biz uni bo’laklarga ajratib bajarishga kirishamiz; oraliq natijalarini esimizda saqlab turamiz: faoliyatimiz nihoyasiga yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa boshlaydi. Bunday holatni matnni o’qishda, uni ko’chirib yozishda, murakkabroq aqliy mehnatni amalga oshirishda kuzatish mumkin. Mazkur ko’z tez ilg’ovchi birliklarning (bo’laklarning) hajmi yoki bu faoliyatni muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta’sir qiladi. Xotiraning ko’z tez ilg’ovchi birliklarining vujudga kelishida mana shu qismlarning ahamiyati kattadir.
    32. Qisqa muddatli xotira bir marta, shuningdek, qisqa vaqt oralig’ida idrok qilish hamda shu kezdayoq qayta tiklashdan iborat bo’lib, qisqa muddatli esda olib qolish bilan tavsiflanadi. Axborotning saqlanishi 30 sekundgacha bo’lishi mumkin.
    33. Uzoq muddatli xotira ko’p martalab takrorlash va qayta tiklashlar orqali uzoq vaqt, muddat esda olib qolishga mo’ljallangan xotira turi.



    Yüklə 2,33 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin