Yuridik psixologiya



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə55/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   157
Юридик псих. мажмуа

4. Tafakkur psixologiyasi


Psixologiya fani nimadan bahs etadi, degan an’anaviy savol mavjuddir, biroq hozirgi davrda tafakkur psixologiyasi predmeti nima degan savol tug’ilmoqda. Ma’lumki, psixologiya fani tafakkurni o’rganadigan yagona fan emas, chunki uning ayrim jihatlarini logika, filosofiya, hatto kibernetika tadqiq qilmoqda. Shuning uchun tafakkur psixologiyasi predmetini aniqlash juda muhim masalalardan biriga aylanib qolmoqda.
Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta’rif turlicha bo’lib, ikkita yoki uchta muhim xususiyati ta’kidlab o’tiladi, xolos. Jumladan, P. I. Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqyelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi» deb ta’riflanadi. Ushbu ta’rifda tafakkurning to’la, aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirishi ta’kidlab o’tiladi, xolos, lekin uning xarakterli xususiyatlari bavosita, so’z yordami bilan ifodalanishi muallifning diqqat markazidan chetda qolgan.
M. V. Gamezo «tafakkur voqyelikning umumlashgan holda va so’z hamda o’tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. U tafakkurning umumlashgan, so’z vositasida va vositali atrofmuhit hodisalarini aks ettira olishini ta’kidlaydi. Bizningcha, tafakkurga berilgan ushbu ta’rif uning predmetini to’la ochib berishga qurbi yetmaydi, shuning uchun boshqa manbalarga murojaat qilishga to’g’ri keladi.
A.V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta’rif o’z ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog’liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqyelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir». Ta’rifdan ko’rinib turibdiki, yuqorida keltirib o’tilgan ta’riflardan bir muncha kengroq tafakkur xususiyatlarni ochib berish uchun xizmat qiladi, biroq uning jihatlari to’la kamrab olinmagan.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin