V.V.Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta’rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan xolos.
Xuddi shunga o’xshash tafakkur xususiyatlari F.N.Gonobolin, K.K.Platonov darsliklarida ham uchraydi.
Bizningcha, tafakkur predmetini belgilash uchun to’laroq ta’rif O.K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur bu o’z mahsuloti bilan voqyelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o’sha umumlashmalar yangiligiga bog’liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir". O.K.Tixomirov mazkur ta’rifda tafakkurning aksariyat jihatlari va xususiyatlarini ta’kidlab o’tgan. Lekin tafakkur muammosiga yangicha yondashishlarning paydo bo’lishi ta’rifni yanada takomillashtirishni taqozo qiladi.
Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turlituman qarash va ta’riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xarakteristika berib o’tamiz. S.L.Rubinshteyn nazariyasiga binoan, tafakkurni psixologik jihatdan o’rganishning asosiy predmeti jarayon, faoliyat tariqasida namoyon bo’lishdir. Muallif tafakkur operasiyalari, shakllarini shakllantirishdajarayon, muammoli vaziyatni hal qilishda esafikr yuritish faoliyati sifatida vujudga kelishini chuqur tahlil qilib beradi. S. L. Rubinshteyn tafakkur to’g’risidagi g’oyani rivojlantirib, uni subyekt faolligining paydo bo’lishi deb ataladi.
A.N.Leontyev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mulohaza yuritib, tafakkurni turli ko’rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekin uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivasiyasi to’g’risida nazariy metodologik muammolarni o’rtaga tashlaydi.
P.Ya.Galperin fikriga ko’ra, tafakkur-bu oriyentirlash-tadqiqot faoliyati, oriyentirovka jarayondir, ya’ni oriyentirovkajarayon, oriyentirovka faoliyat. Muallif psixologiya fani intellektual masalalarni yachishda subyektning tafakkurga oriyentirovka qilish jarayonini o’rganishdan iborat deb tushuntiriladi. P.Ya.Galperin tafakkurning boshqa jahatlarini o’zining aqliy harakatlarni bosqichli shakllantirish nazariyasidan kelib chiqqan holda yoritishga intiladi.