Yuridik psixologiya


MAVZU : ShAXS VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI TUZILIShI (2 SOAT)



Yüklə 2,33 Mb.
səhifə61/157
tarix14.12.2023
ölçüsü2,33 Mb.
#180483
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157
Юридик псих. мажмуа

3 MAVZU : ShAXS VA UNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI TUZILIShI (2 SOAT)
REJA:
1.Shaxs tushunchasi.
2.Inson individ sifatida shaxs individuallashuvi.
3.Shaxs rivojlanishida biologik va ijtimoiy muhitning aloqadorligi muammosi.
Psixologiya fanida inson zotiga xoslik masalasi individ (lotincha individ ajralmas, alohida zot degan ma’no anglatadi), shaxs, individuallik (yakkahollik) tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog’lom (esihushi joyida) odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q, oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
Biroq bulardan birinchisinigina shaxs deb atash an’ana tusiga kirib qolgan, chunki o’sha zotgina ijtimoiy mavjudod, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo’la oladi. Individ sifatida yorug’ dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta’sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiytarixiy xususiyatga egadir. Ilk bolalik chog’idanoq individ muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi doirasiga tortiladi, bunday shaxslararo munosabatlar tarzi tarixiy shakllangan bo’lib, u yoshligidanoq shu tayyor (ajdodlar yaratgan) ijtimoiy munosabat, muomala, muloqot tizimi bilan tanisha boradi. Ijtimoiy qurshov (oila a’zolari, mahalla ahli, jamoatchilik, ishlab chiqarish jamoasi), ijtimoiy guruh ichida (kishilarning og’ushida, ularning qalb to’risida) odamning bundan keyingi rivojlanishi uni shaxs sifatida shakllantiruvchi, uning ongi va irodasining xususiyatlariga mutlaqo bog’liq bo’lmagan har xil xususiyatli munosabatlar majmuasini vujudga keltiradi.
Jahon psixologiyasi fanida onda-sonda uchrab turadigan shaxsni ijtimoiy muhitning sust mahsuli deb tushuntirish va unda faollikni inkor etish o’ta bahsli fikrdir. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, shaxsning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish jarayoni odamning o’zicha amalga oshirayotgan faoliyatiga va uning bilan qanday maqsad ko’zlayotganiga nisbatan munosabatini aks ettiruvchi ruhiy dunyosi orqali namoyon bo’ladi. Odatda faollik shaxsga xos xulqatvor, faoliyat, muomala motivlarida, ustanovkalarida, amaliy ko’nikmalarida ko’zga tashlanadi. Boshqacha so’z bilan aytganda, faollik shaxsning atrofmuhitdagi voqyelikni egallashga intilgan sa’iharakatlarda vujudga keladi. Shaxsning faolligi uning o’z istiqboli uchun yo’lyo’riq tanlashda, uni o’zlashtirishda, hayotda o’z mavqyei va o’rnini topishda gavdalanadi.
Bir xil turmush sharoitlari shaxs faolligining turli shakllarini yaratish hamda har xil hayotiy vaziyatni vujudga keltirish imkoniyatiga ega. Hayotda biron bir tanbeh berishning o’zi kimgadir ruhiy hisni uyg’otsa, boshqa birining sirtiga ham yuqmasligi uchraydi. Shunday qilib, odamga ta’sir qiluvchi barcha tashqi qo’zg’atuvchilar ijtimoiy shart-sharoitlarga, faoliyatning ichki tarbiyaviy qismlari (tomonlari, jihatlari, jabhalari, tarkiblari) tuzilishi yig’indisi bilan boyitilishi evaziga shaxs degan tushuncha hosil bo’ladi.

Yüklə 2,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin