251
fanlarning ijtimoiy fanlar tizimidagi tutgan o‘rni bilan aniqlanadi.
Yuridik bashorat yuridik fanlarning sohalarida yanada konkretlashadi.
Yuridik bashorat bir necha turlarga bo‘linadi. Masalan, jinoiy-huquqiy
bashorat, kriminalistik bashorat,
mehnat-ijroiya bashorat, kriminologik
bashorat va boshqalar. Kriminologik bashorat ijtimoiy-huquqiy sohaga
yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. U ijtimoiy va huquqiy sohalardan erkin
bo‘la olmaydi. Shunday qilib kriminologik bashorat ijtimoiy
bashoratning bir turi va yuridik bashoratning bir tarmog‘idir.
Kriminologik bashorat o‘ziga xos vazifalarni amalga oshiradi, ular
quyidagilar: o‘rganilayotgan kelajak haqida axborot olish,ushbu
axborotlarni qayta ishlash, kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar
ko‘rsatkichlarini umumlashtirishdir. Kriminologik bashoratning asosiy
vazifasi aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida jinoyatchilikka qarshi
kurashishi eng zarur va samarali yo‘llarini, vositalarini belgilab
berishdir. Kriminologik bashorat jinoyatchilikka qarshi kurashni
boshqarishning bir atributidir. Jinoyatchilikni kriminologik
bashorat
qilish ikkiga bo‘linadi: dastlabki jinoyatlarni
bashorat qilish va retsidiv
jinoyatlarni bashorat qilish.
Dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish va retsidiv jinoyatlarni
bashorat qilish o‘z navbatida yana bir necha turlarga bo‘lish mumkin.
Masalan, dastlabki jinoyatlarning bashoratini – katta yoshlilar o‘rtasida
dastlabki jinoyatni bashorati, balog‘atga yetmaganlar o‘rtasida dastlabki
jinoyatlarni bashorati, erkaklar o‘rtasida dastlabki jinoyatlarni bashorat
qilish, qishloq joyida dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish, shahardagi
dastlabki jinoyatlarni bashorat qilish va boshqalar.
Retsidiv jinoyatlarni bashoratini ham xuddi yuqoridagidek turlarga
bo‘lish mumkin.
Kriminologik bashorat qancha vaqtni qamrab olishiga qarab
ham bir
necha turlarga bo‘linadi: qisqa davrli, o‘rta davrli, uzoq davrli. Qisqa
davrli 5 yilgacha bo‘lgan vaqtni davrni qamrab oladi, o‘rta davrli 6
yildan 10 yilgacha bo‘lgan vaqtni, uzoq davrli 10 yildan 15 yilgacha
bo‘lgan vaqtni qamrab oladi.
Qisqa davrli kriminologik bashorat jinoyatchilikka qarshi
kurashishning taktikasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Kriminologik bashoratda umumilmiy va xususiy ilmiy usullardan
foydalanishadi. Xususiy ilmiy usullar uch xil bo‘ladi. Ular quyidagilar:
ekstropolyatsiya, modellashtirish va ekspert bahosi.
Ekstropolyatsiya usulining mohiyati shundan iboratki bashorat
qilinayotgan obyekt, ya’ni jinoyatchilikning tarixi o‘rganiladi va uning
252
o‘tmishdagi rivojlanish qonunlari kelgusiga nisbatan qo‘llaniladi.
Boshqacha gapirganda ekstrapolyatsiya usuli kelgusini ko‘rsatkichlarini
o‘rganishga mo‘ljallangan, kecha va bugun shunday bo‘lgan, demak
kelgusida ham shunday bo‘ladi degan xulosaga asoslangan usuldir.
Modellashtirish ilmiy bilish usullaridan biri hisoblanadi. Obyektiv
tajriba natijalari asosida qurilgan va tekshirib ko‘rilgan kriminologik
model har xil ijtimoiy va demografik omillarning jinoyatchilikni
o‘sishiga ta’sirini to‘g‘ri tavsiflash imkoniyatini beradi. Kriminologik
modellashtirish jinoyatchilikka qarshi kurashni konkret boshqarishning
ilmiy asoslarini ishlab chiqarish qurolidir.
Bashorat qilinayotgan
jinoyatchilikni sifat jihatdan bayon qilib berishda modellashtirishdan
foydalanishadi.
Ekspert bahosi usulining mohiyati shundan iboratki, bashoratning
asosi qilib mutaxassisning fikri olinadi. Bashoratda qo‘llaniladigan
ekspert bahosi usuli norasmiy bashorat hisoblanadi va u katta amaliy va
bilish ahamiyatiga ega. Yuqori malakali ekspert hodisani baholashda
faqat
rasmiy axborotdan emas, balki o‘z tajribalaridan kelib chiqqan
natijalardan ham foydalanadi. Ekspert – olim yoki amaliy faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi xodim, konkret bir sohani chuqur egallab olgan yuqori
malakali mutaxassisdir.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: