Yusubov D. A. Falsafa: Darslik / Yusubov D. A. Saitxodjayev X. B. Mavlyanov A. A


-§. «Hozirgi zamon umumbashariy muammolari»


səhifə87/94
tarix18.03.2023
ölçüsü
#88613
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94
1CyuWq6LHLXWMUSIMLOstYrraYUJKgwE5u9U3eBA unlocked

3-§. «Hozirgi zamon umumbashariy muammolari»
tushunchasi va ularning asosiy turlari 
XX asr oxirlarida insoniyat o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam 
qo‘ydi. Bu davrning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat: 
a) Yer yuzidagi davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va 
hamkorlikning yuksalib borishi; 
b) dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, xususan yaqinda 
mustaqillikka erishgan davlatlarning eng katta xalqaro banklar, nufuzli 
xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo‘lib kirib kuch-g‘ayratlari va 
imkoniyatlarini umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirayotganliklari 
(bunga O‘zbekiston misol); 
v) fan va texnikaning eng yangi yutuqlarini sanoat va qishloq 
xo‘jaligining barcha sohalariga joriy etilishi. 
Jamiyat o‘z taraqqiyotida ko‘pgina dolzarb muammolarga ham duch 
kelmoqda va ular tez fursatlarda o‘z yechimini topilishini taqozo 
qilmoqda. Dolzarb muammolar o‘z xarakteriga ko‘ra, ya’ni makonda 
tarqalishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: lokal, mintaqaviy, umumbashariy. 


 253
– lokal – faqat ayrim davlatlar, millatlar, xalqlarga tegishli bo‘lgan 
muammolar; 
– mintaqaviy – ayrim mintaqalar, u yerdagi xalqlar, millatlarga 
tegishli bo‘lgan muammolar; 
– umumbashariy – barcha davlatlar, xalqlar va millatlarga tegishli 
bo‘lgan muammolar. 
Umumbashariy muammolar deb butun insoniyatga daxldor bo‘lib, 
ularni tashvishlantirayotgan, makonda cheklanmagan va zamonda tez 
yechimini kutayotgan muammolarga aytiladi. 
Hozirgi zamon umumbashariy muammolari – insoniyat sivilizat-
siyasining taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va asosiy muam-
molar.
XX asrning 60 yillaridan umumbashariy muammolar termini 
ishlatila boshlandi. Ijtimoiy taraqqiyotning bundan buyongi istiqboli 
ko‘p jihatdan umumbashariy muammolarning hal etilishiga bog‘liq. U 
muammolarni hal etilishi o‘z navbatida ilmiy texnika taraqqiyoti bilan 
bog‘langandir.
Bu muammolarning kelib chiqish sababi jamiyat, odamlarning 
tabiatga ko‘rsatayotgan ulkan ta’siri, uning beqiyos xo‘jalik faoliyatining 
o‘sishi. 
Bu muammolarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ham e’tibordan 
chiqarib bo‘lmaydi. Guruhiy, sinfiy, milliy, hududiy manfaatlar 
ko‘pincha jahon hamjamiyati va umumbashariy manfaatlardan ustun 
qo‘yilmoqda. 
Umumbashariy muammolar vujudga kelishining asosiy sababi 
tarixiy rivojlanish jarayonidagi qarama-qarshiliklardir. 
Umumbashariy muammolarga quyidagilar kiradi: 
1) termoyadro urushi oldini olish; 
2) qurollanish poygasini to‘xtatish; 
3) ekologik inqirozni oldini olish; 
4) aholi o‘sishini tartibga solish; 
5) rivojlangan davlatlar bilan taraqqiyotda orqada qolgan davlatlar 
iqtisodiyoti o‘rtasida tafovut o‘sib borishi oldini olish
6) sog‘liqni saqlash muammolari; 
7) tabiiy zaxiralar(oziq-ovqat, xom-ashyo, energiya)ning yangi 
turlarini izlab topish; 
8) ilmiy texnika inqilobining turli salbiy oqibatlarini darhol payqash 
va uning oldini olish. 


 254
Umumbashariy muammolar bir-biri bilan bog‘langandir. 
Qurollanishni o‘sib ketishi iqtisodiyotga salbiy ta’sir qilishi mumkin, 
iqtisodiyotni stixiyali rivojlanishi atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin, atrof-muhitni ifloslanishi sog‘liqni saqlashga salbiy ta’sir qiladi 
va hokazo. Ulardan birining hal qilinishi ikkinchisiga va uchinchisining 
hal qilinishiga yo‘l ochadi. 
Umumbashariy muammolarni mazmuni va xususiyatiga ko‘ra 3 
guruhga ajratish mumkin: 
– birinchi guruhga jahon termoyadro urushining oldini olish, Yer 
yuzida tinchlikni saqlash kiradi
– ikkinchi guruhga ekologik inqirozni oldini olish, insoniyatni 
yoqilg‘i, xom-ashyo, oziq-ovqat bilan ta’minlash kiradi; 
– uchinchi guruhga ilmiy-texnika inqilobining salbiy oqibatlarini 
oldini olish, sog‘liqni saqlash kiradi. 
a) Termoyadro urushi oldini olish. 
Umumbashariy muammolar ichida termoyadro urushini oldini olish, 
Yer yuzida tinchlikni saqlash ustuvor ahamiyatga ega. Biz shuni anglab 
olishimiz zarurki, agar yadroviy urush boshlanib ketsa, Yer yuzidagi 
barcha jonli narsalar yo‘q qilib tashlanadi. Yadroviy qurollarda juda 
katta mintaqani vayron qilishga qodir bo‘lgan zaradlar (energiya) 
jamlangan. Masalan, bitta strategik suv osti kemasining olib yurgan 
qurolining kuchi bir necha ikkinchi jahon urushi kuch-qudratiga teng. 
Dunyo okeanida esa o‘nlab ana shunday suv osti kemalari suzib yuribdi. 
Ba’zi davlatlarda yadro quroli va ularni tashish moslamalari ancha ko‘p. 
AQSH bilan Rossiya Federatsiyasi hududidagi yadro qurollarining 
talafot kuchi 60ming megatonnani tashkil qiladi. Olimlarning taxminicha 
urush boshlanib, yadro quroli qo‘llaniladigan bo‘lsa, uning 12 ming 
megatonnagacha quvvatidan foydalaniladi. Buni tasavvur qilish uchun 
ikkinchi jahon urushi bilan solishtirib ko‘ramiz. Ikkinchi jahon urushi 
davrida qo‘llanilgan barcha portlovchi qurollarning quvvati 6 
megatonnani tashkil etgan. Demak yangi urush bo‘ladigan bo‘lsa, uning 
qo‘llanadigan portlash qurollari kuchi ikkinchi jahon urushidagidan 2000 
marta ko‘p. Ikkinchi jahon urushi 5 yil davom etgan bo‘lsa, hozirgisi bir 
yoki ikki kunda yuz berishi mumkin. 
Termoyadro qurolining uchta texnik xususiyati insoniyatni, 
sivilizatsiyani xavf ostiga qo‘yadi: 
1) termoyadro quroli katta talafot kuchiga ega; 
2) termoyadro quroli ishlab chiqarish harbiy samolyotlar ishlab 
chiqarishga nisbatan ancha arzon; 


 255
3) yadro-raketa hujumidan himoyalanishga intilish amaliy samara 
bermasligi.
Hozirgi vaqtda termoyadro urushi, qurollanish poygasi oldini olish 
maqsadida RF va AQSH o‘rtasida muzokaralar olib borilyapti. Yadro 
quroli – atom bombasiga ega bo‘lgan davlatlar – RF, AQSH, Angliya, 
Fransiya va Xitoy o‘rtasida atom bombasi sinovlarini to‘xtatish 
to‘g‘risida kelishib olingan. Ammo ba’zi davlatlar hozirgacha sinovlarni 
davom ettirishyapti. Yadro urushida g‘olib bo‘lmagani kabi, qurollanish 
poygasida ham yutib chiqish mumkin emas. Bunday poygani davom 
ettirish, ayniqsa uni kosmosga ham yoyish yadro qurolini takomillash-
tirish sur’atini yanada tezlashtiradi. 
Yadroviy urushni oldini olish, tinchlikni saqlash umuminsoniyatning 
oldida turgan asosiy vazifa ekan, unga erishish uchun jahondagi barcha 
kuchlarni birlashtirish lozim. 
Ushbu muammoga O‘zbekiston Respublikasining munosabati 
qanday? 
Prezident I.Karimov e’tirof etganidek, biz davlatlarning tinch-totuv 
yashash, xalqaro masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik tamoyilini 
tashqi siyosatimizga asos qilib olganmiz. O‘zbekiston muddati 1995 
yilda uzaytirilishi lozim bo‘lgan yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi 
shartnomani, yadro qurolini yo‘q qilib tashlash to‘g‘risidagi shartnomaga 
aylantirish tarafdori. 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin