257
Birinchidan, yerning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi
bilan bog‘liq xavf to‘xtovsiz ortib bormoqda. Respublikaning atigi 10
foizinigina ekin maydonlari tashkil etadi. Bizda aholining o‘sishi
nisbatan yuqori bo‘lib, urbanizatsiya va hosildor yerlarni shaharlarni
rivojlantirishga, uy-joy qurilishiga, yangi korxonalar, muhandislik hamda
transport kommunikatsiya tarmog‘ini barpo etishga ajratib berish
jarayonlari jadal bormoqda. Shuni hisobga olsak, yaqin yillar ichida,
hatto XXI asr arafasida yer zaxiralari bilan ta’minlanish muammosi
yanada keskinlashishi mumkin.
Ikkinchidan, suv zaxiralarining, shu jumladan yer usti va yer osti
suvlarining keskin taqchilligi hamda ifloslanganligi katta tashvish
tug‘dirmoqda... Ichimlik suv ta’minoti manbalarining ifloslanishi
respublikada, ayniqsa, orol bo‘yida kasallikka chalinishning yuqori
darajasiga sabab bo‘lmoqda.
Uchinchidan, Orol dengizining qurib borish xavfi g‘oyat keskin
muammo, aytish mumkinki, milliy kulfat bo‘lib qoldi.
To‘rtinchidan, havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi ham respublikada
ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir.
Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, har yili respublika-
ning atmosfera havosiga 4 million tonnaga yaqin zararli moddalar
qo‘shilmoqda. Shularning yarmi uglerod oksidiga to‘g‘ri keladi, 15
foizini uglevodorod chiqindilari, 14 foizini oltingugurt qo‘sh oksidi, 9
foizini azot oksidi, 8 foizini qattiq moddalar tashkil etadi va 4 foizga
yaqini o‘ziga xos o‘tkir zaharli moddalarga to‘g‘ri keladi».
Ekologik inqirozni oldini olish borasida keng ish olib borilyapti,
ayniqsa g‘arbdagi yashillar harakati, Rim klubi a’zolari, O‘zbekistondagi
«Ekosan» xalqaro fondi va boshqalar. Respublikamiz Prezidenti
I.Karimov Birlashgan millatlar tashkilotining 48 sessiyasida nutq so‘zlab
dunyo hamjamiyati diqqatini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
Yangi ishlab chiqarish usuli va yangi energiya turlarini izlab topish bilan
ekologik inqirozni oldini olish mumkin. Yangi ishlab chiqarish usulini
tatbiq qiladigan bo‘lsak, masalan po‘lat ishlab chiqarish uchun 4 marta
kam, aluminiy qazib chiqarish uchun 6 marta, sement 5, neftni qayta
ishlash uchun 9, qog‘oz ishlab chiqarish uchun 125 marta kam energiya
talab qilinadi.
Yüklə
Dostları ilə paylaş: