Yusupova manzuraxon umarjonovna



Yüklə 432,61 Kb.
səhifə1/8
tarix05.04.2023
ölçüsü432,61 Kb.
#93590
  1   2   3   4   5   6   7   8
BMI Yusupova Manzuraxon


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VA ZIRLIGI


FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNIN MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY
MARKAZI


YUSUPOVA MANZURAXON UMARJONOVNA
So’roq gaplarning pragmatic vaziyat bilan bog’liq xususiyatlari
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI

Yo‘nalish (guruh) Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari 1-guruhi


Tinglovchining ish joyi O’zbekiston tumani 17-maktab
Kafedra mudiri _____________ Nosirova U.
Imzo
Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________Hakimov M.
Imzo
Tinglovchi ____________Yusupova M.
Imzo

I Kirish_______________________________________________________ 2-4
II Asosiy qism
2.1 Gap − sintaksisning asosiy birligi________________________________4-9
2.2 So`roq gaplarning grammatik xususiyatlari________________________9-16
2.3 So`roq gaplarning pragmatik vaziyat bilan bog`liq xususiyatlari________16-26
2.4 So`roq gaplar va kommunikativ intensiya_________________________26-31
III Xulosa_____________________________________________________31-33
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati_____________________________33

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik milliy qadriyatlar qatorida ona tiliga yangicha munosabatni shakllantirdi. Milliy tilimizning ijtimoiy mavqeyini tikladi, ona tilimizning davlat tili sifatidagi maqomi, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzini yuksaltirdi. O`zbek tilshunosligi fanining yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarilishi uchun keng yo`l ochdi. Ayniqsa, til hodisalarining milliy tabiati, o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishga yo`lboshchilik qildi. Mamlakat va millat taraqqiyotida ona tilining milliy ong va mafkurani shakllantirishdagi o`rni va vazifalariga davlat siyosatining ustuvor yo`nalaishlari darajasida alohida e’tibor qaratildi. Shunga muvofiq, tilshunoslik fanida o`zbek tilining ilmiy va amaliy tadqiqi ham jadal rivojlanmoqda. Fanimizda bir necha yangi yo`nalishlar shakllandi. O`zbek tilining pragmatik tadqiqi Mustaqillik davrida pragmatik lingvistikaning rivojlanishiga sabab bo`ldi. Tilni tizim sifatida o`rganish natijalari ommalashib, ona tili ta’limi mazmunini yangiladi. Lisoniy birliklar sistemaviy, struktural, semantik va substansial tadqiq usullari asosida o`rganildi. Natijada til birliklarining lisoniy imkoniyatlarini muayyan nutqiy faoliyat jarayonida tahlil qilish ehtiyoji paydo bo`ldi. O`zbek tilshunosligida til birliklariga xos lisoniy imkoniyatlarni nutqiy faoliyat jarayonida tahlil qilishni maqsad qilib qo`ygan pragmatik tilshunoslik yuzaga keldi. Bu ilmiy yo`nalishda T.A.Bushuy, Sh.Iskandarova, M.Kamolova, S.Mo`minov, A.Nurmonov, S.Raximov, B.Rahmatullayeva, Sh.Safarov, M.Hakimov kabi tilshunoslarning sohaga oid izlanishlari nazariy asoslarning shakllanib borayotganligidan darak beradi. Endigina rivojlanayotgan bu yo`nalishda tadqiqiqni kutayotgan muammolar anchagina. Ushbu bitiruv-malakaviy ishda so`roq gaplarning pragmatik xususiyatlarini tahlil qilish masalasi shunchaki qo`yilgan emas. Chunki o`zbek pragmatik tilshunosligida gap va uning turlarini sintagmatik tahlil yo`nalishidan pragmatik tahlilga o`tish davri yetilgan.Bu ilmiy yo`nalishdagi tadqiq muammolari aniq yechimlarini kutmoqda. Pragmatik lingvistikaning tilshunoslik turkum fanlari orasidagi o`rni, lingvistik pragmatikaning amaliy va nazariy shakllanishi, pragmatik birliklar va ularning tahlil kabi muammolar nafaqat o`zbek tilshunosligida, balki jahon tilshunosligida ham dolzarb masalalalardan sanaladi. Tadqiq mavzusining dolzarbligi mazkur muammolarga aloqadorligi bilan belgilanadi.

Yüklə 432,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin