Meva essensiyalari, meva shiralari, o‘simlik ekstraktlari Farmatsevtika sanoatida quyidagi korrigentlar ko‘p qo‘llaniladi: «karamel», «limon», «apelsin», «yalpiz», «qulupnay», «vanil» va chuchkmiya ekstrakti.
Bir turdagi korrigentni olish uchun ayrim hollarda 100 ga yaqin alohida birikmalar ishlatiladi va bir dori turidagi korigentlar soni o‘nga yaqin bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda yaqinda farmatsevtika va oziq-ovqat bozorida endi paydo bo‘lgan ko‘p funksionalli korrigentlarni qollash istiqbolli hisoblanadi.
Masalan, apelsinli kremni boshqa korrigentlarni qo‘shmasdan nordon, achchiq, sho‘r va metallik ta’mlarni tuzatish uchun qollash mumkin. Shu sabali ushbu korrigent tarkibida paratsetamol saqlaydigan bolalar uchun mo‘ljllangan dori preparatlar tarkibida ishlatiladi.
Masalan, «greypfrut» ham achchiq, nordon, sho‘r, shirin va metallik ta’mlarni tuzatsa, «qulupnay» esa faqat metillik ta’mni tuzatishi mumkin.
Limon kislotasi – asosan bufer, ya’ni eritmaning pH ko‘rsatkichini mo‘‘tadillashtirish va o‘ta shirin ta’mni tuzatish uchun ishlatiladi.
Shilimshiq moddalar (agar-agar, kraxmal kleysteri va b.) – dori preparatlar tarkibiga o‘rab oluvchi ta’sir ko‘rsatadigan hamda bog‘lovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Qobiq bilan qoplash.Ushbu ta’m tuzatish usulini qattiq dori moddalarga qollash mumkin, asosan tabletkalarga. Tabletkalarni qobiq bilan qoplash keng ko‘lamli ahamiyatga ega, biroq bizni faqatgina noxush ta’mni tuzatish masalasi qiziqtiradi. Bu maqsadda suvda eruvchan parda bilan qobiqlash ko‘p ishlatiladi. Buning uchun yadro-tabletkalari suvda eruvchan polietilendioksid yoki polivinilpirrolidonning 50-90% etil yoki izopropil spirtdagi 20-30% eritmasi, shuningdek metilsellyuloza va karboksimetilsellyulozaning natriyli tuzining 4-7% eritmalari bilan qoplanadi.
Oshqozon shirasida eriydigan qoplamalar benzilamin- va dietilaminobenzilsellyuloza, p-aminobenzoat, glyukoza, fruktoza, mannit, vinilpiridin va jelatin kabi moddalar eritmalari bilan ishlov beriladi. Ushbu moddalarni qollash tabletkaga yaxshi tovar ko‘rinish beradi.
Dori vosita tarkibiga qo‘shiladigan korrigent turi va miqdori dori moddaning tarkibi, ta’mi va hidiga bog‘liq bo‘ladi. Har bir bolalar uchun mo‘ljallangan dori vosita tarkibiga kiritiladigan korrigentlar ilmiy jihatdan asoslanishi kerak.