4-jadval Farmatsevtika sanoatida ishlatiladigan bo‘yoqlar va bo‘yovchi moddalar
Bo‘yoqning nomi
Me’yoriy-texnika xujjati
Rangi
Indigokarmin
TSH 18-16-143 - 77
Ko‘k
Kislotali qizil 20 (azorubin)
VFM 42-1446 - 84
Qizil
Tropeolin 0 (xrizoin)
TSH 6-09-2205 - 77
Sariq
Ruberozum
VFM 42-1306 - 83
Qizil
Serulezum
VFM 42-1304 - 83
Ko‘k
Flavorozum
VFM 42-1305 - 83
Sariq
Bolalr uchun mo’ljallangan qiyom va eliksirlar texnologiyasi Bolalar uchun mo’ljallangan suyuq dorilarning noxush ta’mi, hidi va rangini tuzatish murakkabligini hisobga olib, eng maqsadga mufofiq va hammabop dori turlari bu qiyom va eliksirlar.
Eliksir – bu tarkibida biofaol dori moddalar, qand yoki qand o’rnini bosuvchi ingredientlarni saqlaydigan, shirinlashtirilgan va xushbo’ylashtirilgan suvli-spirtli tiniq shirin mazali suyuq dori turi. Eliksirlar tarkibida qand yoki sorbitning mo’tadil konsentratsiyasi - 40%, shuningdek erituvchi va konservant sifatida eliksirlar tarkibiga 20-30% etil spirti qo’shiladi, undan yuqori konsentratsiyadagi etil spirti qand va sorbitni erishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi
Eliksir tarkibiga kam eriydigan dori moddalar kiritilsa, solyubillovchi modda sifatida Tvin-80 qo’shiladi, bunda spirt miqdori kamaytiriladi.
Masalan, ko’krak eliksiri (Elixir pectoralis) texnologiyasi: