Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə13/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Tarkibi:
Chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti – 60,0
Ammoniy xlorid 10% eritmasi - 10,0
Arpabodiyon efir moyi - 1,0
Tozalangan suv - 180,0
Etil spirti 90% - 49,0
Texnologiyasi: tozalangan suvda chuchukmiya ildizi quruq ekstrakti eritiladi, ustiga ammoniy xlorid 10% eritmasi qo’shib aralashtiriladi va 1 soat (yoki 2 sutka)ga qoldiriladi. Belgilangan vaqt o’tishi bilan 90% etil spirtida eritilgan arpabodiyon efir moyi qo’shiladi va mikser yordamida aralashtiriladi, so’ng eliksir 2 soat (yoki 8 sutka)ga qoldiriladi va sizib olinadi. Tayor bo’lgan ko’krak eliksiri 50,0 g dan qo’ng’ir rangli shisha idishga jihozlanadi.
Qiyomlar tarkibi va qo’llanishi bo’icha t’am beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. T’am beruvchi qiyomlarga oddiy qand qiyomi (Sirupi simplicis) va mevali qiyomlar: olcha, malina, qorag’at, mandarin, apelsin, limon va b. Ushbu qiyomlar tarkibida biofaol dori modda saqlamaydi va bolalar uchun beriladigan dori vositalarni ta’mi va hidini to’g’rilaydi, shuningdek siroplar tarkibida konservantlar (spirt, nipagin, nipazol, sorbin kislotasi) ham bo’lishi mumkin.
Agar qiyomning nomi ko’rsatilgan bo’lmasa, unda oddiy qand qiyomi tayorlanadi (Sirupi simplicis 64%), shuningdek t’amni tuzatuvchi qiyomlarga mevali qiyomlarni kiritish mumkin – olcha, malina, qoraqat, mandarin, apelsin, limon va b.
Dorivor qiyomlarni tayorlash uchun qand qiyomiga ekstraktlar, nastoykalar yoki mevali ozuqali ekstraktlarni q’oshish mumkin, kerak bo’lsa qiyomlarni tayorlashda qizdirish mumkin. Olingan filtrlar bo’z matosidan yoki filtr qog’ozdan quruq idishga o’tkaziladi. Qizdirib tayorlangan filtratlar issiq holda filtrlanadi.
Konsentratsiyasi 60% dan kam bo’lgan qiyomlar achib qolishi mumkinligini hisobga olib, ularning tarkibiga konservantlar qo’shiladi: 0,1-0,2% natriy benzoat yoki benzoy kislotasi, etil spirti, glitserin, ayrim hollarda, nipagin va nipazol 0,15% gacha qo’shiladi. Agar qand qiyomi konsentratsiyasi 50% kam bo’lsa, unda konservant sifatida etil spirti qo’shiladi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin