Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə16/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Bolalar uchun mo’ljallangan qattiq dori turlarini ta’rifi
Poroshoklar. Bolalar amaliyotida bir martalik doza saqlovchi sashe-paketchalarga jihozlangan poroshoklarni qo’llanishi istiqbolli hisoblanadi. Bularga misol sifatida parasetamol, vitamin (askorbin kislotasi) va aramatizator saqlovchi; tarkibida parasetamol, kofein, natriy gidrokarbonat va limon kislotasini saqlovch, 5 g dan qadoqlangan vishillovchi porosokni; magniy sulfat, natriy gidrokarbonat, limon kislotasi va saxarozadan tashkil topgan Endryus mualliflik poroshogi kabi tarkiblarni keltirish mumkin.
Quruq suspeniyalar flakonlarda ishlab chiqariladi va ishlatishdan oldin yoriqnomaga asosan suv bilan suyultiriladi. Bularga misol sifatida antibiotik saqlovchi va zambrug’larga qarshi preparatlar:
- grizeofulvin suspeniyasi (korrigentlar: qand, shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi;
- fuzidin kislotasi, sefaleksin, ampitsillin, eritromitsin suspenziyalari (korrigentlar: qand, shokolad, yalpiz moyi), yalpiz moyi hidli 100 ml flakonlarda ishlab chiqariladi. Bunda bola organizmining bir qator xususiyatlarni inobatga olish kerak: o’ziga hos texnologiya, biosamaradorligi, oshqozon-ichak shilliq qavatini dori vositaning qitiqlovchi ta’siridan himoyalash, turli yoshdagi guruhlar uchun dozalash, qabul qilishning qulayligi.
Sefaleksin suspenziyasi to’ldiruvch sifatida qand, sirt faol va quyuqlashtiruvchi moddalar qo’shilgan granula xolida ishlab chiqariladi va yuqori biosamaradorlikni namoyon etadi.
Ampitsillin suspenziyasi tarkibida glukoza va sirt faol moddalarni saqlashi sababli namlanishi yaxshlanganligi kuzatiladi.
Fenoksimetilpenitsillin suspenziyasi tarkibida quyidagi korrigentlar qo’shiladi: limon kislotasi, malina essensiyasi, qand.
Farmatsevtika sanoatida yana quyidagi suspenziyalar ishlab chiqariladi: baktrim, lеvorin, tioridazin, pirantеl, salazopiridazin va b.
Granulalar. Bolalar uchun mo’ljallangan granulalarga misol sifatida «Kalmagin» antiatsid ta’sirga ega preparatni keltirish mumkin:
Kalsiy karbonat 3,0
Magniy karbonat 4,5
Natriy gidrokarbonat 3,0
Natriy karboksimеtiltsеllyuloza 0,3
Qand 63,45
Aerosil 0,75
Granulalar bankalarda 75 g dan ishlab chiqariladi. Qabul qilishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritiladi.
Yosh bolalar uchun mo’ljallangan glyutamin kislotasi, mеzapama va prozеrin granulalari ham ishlab chiqariladi. Ularni ishlatishdan oldin yangi qaynatilgan va sovitilgan suvda eritish lozim.
Yoshi katta bolalarga esa tabletka, draje, kapsulalar ishlatiladi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin