Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə82/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Ekstragent – ekstragent, ajratma oluvchi sifatida tozalaangan suv, turli konsentratsiyadagi etil spirt, tibbiyot efiri, xloroform va b. ishlatiladi.
Eliksir – bu tarkibida biofaol dori moddalar, qand yoki qand o’rnini bosuvchi ingredientlarni saqlaydigan, shirinlashtirilgan va xushbo’ylashtirilgan suvli-spirtli tiniq shirin mazali suyuq dori turi. Eliksirlar tarkibida qand yoki sorbitning mo’tadil konsentratsiyasi - 40%, shuningdek erituvchi va konservant sifatida eliksirlar tarkibiga 20-30% etil spirti qo’shiladi, undan yuqori konsentratsiyadagi etil spirti qand va sorbitni erishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Empirizm — bilimni faqat sezgi tajribasi bilan egallash mumkin deb davo qiladigan mexanik ta’limot.
Emulgator — ikki xil suyuqlikni bir-biri bilan qo‘shib, emulsiya hosil qilish uchun ishlatiladigan modda. Emulgatorga sovun, jelatina kabi moddalar kiradi.
Emulsiya — farmatsiyada bir-birida juda kam yoki tarkibida mutlaqo erimaydigan suyuqliklarni maxsus ishlash yo‘li bilan olingan dori turi. Har qanday emulsiya dispers muhit (odatda suv) va dispers faza (odatda yog‘, balzam)dan iborat bo‘ladi. Tibbiyotda ishlatiladigan emulsiyalar suv bilan yog‘ aralashmasidan tayyorlanadi va tashqi ko‘rinishi sutni eslatadi. Masalan, suv va ba’zi suyuk dorilar.
Emulsiya hosil kilish - emulsiyaga aylantirish.
Epidermis – ko‘p qatlamli yassi epiteliydan tashkil topgan terining yuqori qavati.
Epilyasiya – soch va tuklarni sun’iy yulib olish, rentgen nurlari bilan ishlov berish, mum yoki epilin malhamini qo‘llash yordamida yo‘qotish.
Eritmalar – syuq, qattiq va gaz holdagi bir yoki bir nechta dori moddani erituvchida eritib tayyorlangan suyuq dori turi. Ichish, sirtga va parenteral qo’llanadigan eritmalarni farqlash mumkin.
Erituvchi — biror moddani o’zida eritadigan suyuqlik. Erituvchilarga suv, spirt, efir, xloroform, o’simlik moylari, toluol, ksilol, benzol va b. misol bo’la oladi.
Hab dorilar, pilyulalar — dozalarga bo’lingan, ichishga mo’ljallangan, dumaloq shaklli qattiq dori turi, og’irligi 0,1-0,5 g gacha bo’ladi. Hab dorilar yordamchi va dori moddalar aralashmasidan cho’ziluvchan zuvala holiga keltirilgan massadan tayyorlanadi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin