Tibbiy jelatin — hayvon elimi. Kollagenning qisman gidrolizlanish mahsuloti. Suyaklar, hayvon terisi chiqindilari, paylari va boshqalardan olinadi. J. qon ivishini kuchaytiradi. Uning eritmasi me’da va ichak qon oqishini to’htatish uchun ishlatiladi.
Tibbiy kosmetologiya – teri va teri unumlarida uchraydigan nuqsonlarni davolash va paydo bo‘lishini oldini olishga qaratilgan kosmetologiya fanining bir bo‘limi. Ushbu atama 1867 yilda A.Voynovich tomonidan taklif etilgan. Tibbiy kosmetologiya quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: tashxisli kosmetologiya, dermatokosmetologiya, dermatojarrohlik, plastikjarrohlik, teri butunligini buzib ishlatiladigan murakkab asbobli texnologiyalar.
Tibbiyot qalamchalari —qattiq dori turi bo’lib, qalinligi 4—8 mm, uzunligi 10 sm, shakli silindrsimon bo’ladi va sirtga ishlatiladi.
Tug’ma immunitet — organizmning kasallikni o’ziga yuqtirmaslik tug’ma xususiyati.
Turkum parfyumer-kosmetik vositalar – bu parfyumer va kosmetik vositalar to‘plami bo‘lib, oldin sotuvga bir nomdagi kosmetik vosita (brend) ishlab chiqariladi. So‘ng xaridorga manzur bo‘lgan vosita asosida bir xil nomli kosmetik vositalar turkumi yoki majmuasi ishlab chiqariladi (masalan, «Zelenыy chay», «Novaya Zarya» va b.).
Xushbo‘y suvlar (Aquae aromaticae) – bu tarkibida efir moyini saqlovchi suvli-spirtli eritmalar yoki suvli mikrogeterogen tizimlar. Ularning asosiy vazifasi dori preparatlarning, ayniqsa bolalar uchun mo‘ljallangan dorilarni, ta’mini va hidini tuzatishdir. Bundan tashqari ular o‘zi ham terapevtik faollikga ega, masalan, antiseptik, so‘lak hosil qiluvchi va boshqa ta’sirlar. Bu holni xushbo‘y suvlarni korrigent sifatida qo‘llashda albatta hisobga olish zarur.
Shampunlar (ingl.shampoo) – soch yuvish uchun mo‘ljallangan xushbo‘y suyuqlik yoki poroshok.
Shilimshiqlar – yuqori qovushqoq hossaga ega suyuq dori turlari, masalan, kraxmalning 3, 5 va 7% eritmasi.
Veterinariya lotin tilidan — veterinarius — mol boqish, parvarishlash, hayvonlarni davolash ma’nosini anglatadi