Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova


Laktoza — sut qandi — D-galaktoza va D-glyukozadan tuzilgan disaxarid. Ona suti tarkibida 6,5% miqdorida bo’ladi. Lamella —



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə86/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Laktoza — sut qandi — D-galaktoza va D-glyukozadan tuzilgan disaxarid. Ona suti tarkibida 6,5% miqdorida bo’ladi.
Lamella — yupqa pilikchalar ko’rinishidagi fiziologik faol moddaga jelatina qo’shib tayyorlanadigan qandolat dori turi. Ba’zi chet mamlakatlarda ko’z muguz pardasiga ko’yish rasm bo’lgan, bizda bunday dori ishlab chikarilmaydi.
Lanolin – qo’y junini yuvgan suvdan maxsus usul bilan olinadigan, qo’ng’ir sariq rangli, yumshoq, o’ziga xos hidli yog’simon modda. Lanolin suvda erimaydi, spirtda qisman, efir, xloroform, atseton va benzolda yaxshi eriydi. Ko’p miqdordagi suv bilan aralashsa ham moysimon xossasini o’zgartirmaydi. Tibbiyotda ikki xil: suvsiz lanolin va suvli lanolin ishlatiladi. Lanolin surtmalar tayyorlashda asos, kakao moyi bilan shamchalar tayyorlashda biriktiruvchi sifatida qo’llaniladi. Undan parfyumeriyada keng foydalaniladi.
Linimentlar (lot. linere – surtish, surtib ishыalash) – sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan, turli konstitensiyaga ega oquvchan quyuq eritmalar yoki suyuq surtmalar, ayrim hollarda dirildoq (jelesimon) massa holidagi yumshoq dori turi.
Loson (fr. lotion – namlash, yuvish) - bu teri parvarishi uchun mo‘ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vosita bo‘lib, u turli xil faol moddalarning (organik kislotalar, vitaminlar va boshqalar) suv-spirtli eritmalari. Loson - teri parvarishi uchun mo‘ljallangan suyuq kosmetik-gigienik vositasi bo‘lib, tarkibida faol ta’sir etuvchi moddalar (organik kislotalar, vitaminlar, shira, dorivor usimliklar ajratmalari va h.k.) saklaydigan, tabiati bo‘yicha suv yoki suv-spirtli eritma, yoki oquvchan xususiyatga ega bo‘lgan mikrogeterogen sistema.
Lyubrikant – sun’iy surtish uchun mo‘ljallangan moy, poroshok kabi moddala.
Melanin – sochlar, teri va ko‘zning to‘r pardasining rangini belgilaydigan, oqsillar bilan komleks hosil qilgan qora va to‘q jigarrangli pigmentlar nomi. Albinoslarda ushbu pigment hosil bo‘lmaydi.
Mikstura — tarkibi murakkab, ichishga mo’ljallangan va qoshik bilan miqdorlarga bo’linadigan suyuq dori turi.
Morsyuli – qaynoq quyuq qand qiyomiga maydalangan dorivor moddalar hamda dolchin, bodom, va boshqa moddalar qo‘shib arlashtirilardi, so‘ng suv bilan namlangan yog‘ochdan tayyorlangan qoliplarga qo‘yib, shakl berilgan va massa qotganidan so‘ng, pichoq bilan kesiladigan qandolat qattiq dorilar.
Mum - asalarilarning inini suvda qaynatib (asali olingandan so’ng) olinadigan moysimon modda. Tabiiy holda mum sariq bo’ladi (S. flava). Uni maxsus usul bilan oqartirib oq mum (S. alba) olinadi. Mum suvda, spirtda erimaydi, efir va benzolda chala, xloroform, skipidar va moylarda tula eriydi. Mum ikki qismdan — serin (issiq spirtda eriydi, sovutsa cho’kadi) va miritsindan (issik spirtda ham erimaydi) iborat. Mum surtmalar va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi.
Namlama (primochka) — turli dori eritmalarini salfetkaga shimdirib, kasallangan joyga qo’yish; namlama teridagi o’tkir yallig’lanish jarayonini kamaytirish uchun ishlatiladi. Bunda qon tomirlari torayib zardob chiqishi to’htaydi, teri oqaradi, qichishish yo’qoladi.
Nastoykalar (lot. «tinctio» - bo‘yash) – o‘simlik xom ashyosidan spirt yoki suv-spirt yordamida biologik faol moddalarni qizdirmasdan va ekstragentni ketkazmasdan olinadigan yoki ekstraktlarni tegishli erituvchilarda eritib taryorlanadigan rangli tiniq ajratmalarga aytiladi. Har bir xom ashyodan nastoyka olish uchun ishlatiladigan ekstragent konsentratsiyasi Farmakopeya maqolasida belgilanadi.
Niqoblar (fr. masque) – qo‘zlar uchun teshigi bor, yuzni berkitishga mo‘ljallangan qoplama. Kosmetik niqoblar – teri parvarishida tozalash, yumshatish, oziqlantirish, mustahkamlash, oqartirish maqsadida ishlatiladigan samarali kosmetik vositalar majmuisidir.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin