Priparkalar, bug’lash, issiq suv, bug’ bilan ta’sir ko‘rsatish - badanning ayrim joylariga issiq suv, bug’ bilan ta’sir ko’rsatish.
Rektiolalar (rektal pipetkalari yoki mikroklizmalarda deb ham yuritiladi) – hajmli 3-5 ml, plastmassadan yasalgan elastik idishchalarga jihozlangan va bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan dori vositalar. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlash imkoniyatini, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulay. Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har xil surgi dorilarni kiritish mumkin.
Rotule – (Rotulae) dumaloq doirachalar shakldagi qandolat dori turi bo‘lib, issiq qand tosh yoki metallik yuzaga quyish bilan olinar edi. Massa qotib qolgandan so‘ng yarim doiracha shakl hosil bo‘lardi. Rotulilar tarkibida efir moyi yoki nastoykalar berilardi. Toza qanddan tayyorlangan rotulalarga dori modda tomchilatib shimdirilardi. V.A. Tixomirovni ta’kidlashicha Rossiyada rotulilarni pastilkalar bilan adashtirishar edilar. Biroq pastilkalardan farqli rotulilar tarkibida elimsimon modda bo‘lmasligi lozim.
Sepma dori (Aspersio, prisipka) —sirtga (shilliq qavat yoki jarohatlangan teriga) ishlatish uchun mo’ljallangan o’ta mayda poroshok yoki poroshoklar aralashmasi; o’ta maydalangan poroshok: talk, kraxmal, ok gil kabi dorilar aralashmasi, qichitma, dermatit kasalliklarining boshlang’ich davrida ishlatiladi. O’ta mayda lar terini mexanik qitiqlamaydilar va katta adsorbtsiyalash xossasiga ega.
Sorbit – shirin ta’mli mayda kristallik shakldagi kukun, suv o‘ti, mevalar (chetan) tarkibida uchraydi, farmatsevtika sanoatida askorbin kislotasini olishda hamda kosmetologiyada keng qo‘llaniladi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda qand o‘rnini bosuvchi vosita sifatida qo‘llash tavsiya etiladi.
Spongilla (spongilla, bodyaga) – juda engil, mayda yoki yirik teshikli, mo‘rt, yashil-kulrang yoki kulrang-sariq tusli, hidsiz va mazasiz, shakli har xil, qattiq massa bo‘lib, u suvlar (oqar suv, ko‘l va b) ostida toshlar, yog‘ochlar, daraxt ildizlariga yopishib, to‘p-to‘p bo‘lib yashaydigan, uzunligi 40 santimetrgacha etadigan shilliq massa shaklidagi tuban hayvonlar skeletidir. Tarkibi bir biriga yopishgan igna shaklidagi kremniy kristallari, kalsiyning karbonat va fosfat tuzlari, organik va b. moddalardan tarkib topgan. Kukuni va surtmasi nevralgiya kasalliklarida og‘riq qoldirish uchun og‘rigan joylarga hamda momataloq bo‘lib, qon to‘planib qolganda uni tarqatib yuborish uchun shu erlarga surtiladi.