Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə87/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Oksidlovchilar — oksidlash xususiyatiga ega bo’lgan moddalar, jumladan vodorod peroksid, kaliy permanganat, nitrat, nitrit kislotalar, Bertole tuzi, kaliy bixromat va b.
Organizmning suvsizlanishi - organizmga kam suyuqlik tushishi yoki suyuqlik ko’p yo’qotilishi tufayli uning keskin suvsizlanishi.
Pasta —tarkibida 25% dan ko’p talqonsimon dori moddalar saqlagan quyuq surtma dori. Pastalar konsistensiyasi buyicha xamirga yakin turadigan sirtga ishlatiladi surtma dorilar.
Pastilkalar (lot. pastillae) – plastik holdagi dori va gel hosil qiluvchi (jelatin, arab elimi va qand va b.) yordamchi moddalar aralashmasiga shakl berish yoli bilan olinadigan va og’iz bo’shlig’ida so’rish yoki ichish uchun mo’ljallangan qandolat qattiq dori turi.
Pediatriya – bolalar organizmining o‘ziga hosligi, bolalarda kasalliklarni kelib chiqish sabablari va mexanizmini o‘rganadigan va ularni davolash usullarini ishlab chiqadigan tibbiyot fan sohasi.
Pessariy — yassi yumaloq uhli shakldagi suppozitoriysi; p.Leleyna — Leleyn pessariysi — bachadon rakini radiy nuri bilan davolaganda qovuq va to’g’ri ichakni nur ta’siridan saqlash uchun qo’llaniladigan p.; bachadon pessariysi — (halqasi) — ko’pincha kauchukdan yasalgan va "8" raqamiga o’xshagan halqa, yallig’lanish natijasida yoki tos suyagi muskullari bo’shashib ketganda bachadon qiyshayib qolsa, uni to’g’rilab ushlab turish uchun bachadon bo’yniga kiyg’izib qo’yiladi; Meyer pessariysi — ko’pincha rezina, kauchuk, sellyuloid, plastmassalardan yasaladigan uzuk shaklidagi halqa; Shats pessariysi — bachadon va qin devorlari pastga tushib ketganda, uni ko’tarib turish uchun ishlatiladigan likopchasimon p.
Pertussin — tarkibida tog’jambil suyuq ekstrakti saqlaydigan kompleks preparat. Bronxit va b. yuqori nafas yo’llari kasalliklarida yo’talni yumshatish va balg’am ko’chirish uchun ishlatiladi.
Plastir, malham — sirtga ishlatiladigan yumshoq dori turi. Turli teri kasalliklarini davolashda, jarrohlik bog’ichlarini mahkamlashda ishlatiladi. Uning tarkibida tabobatda ishlatishga ruhsat etilgan tabiiy yoki sun’iy kauchuklar, polimerlar, yogsimon moddalar, moylar, antioksidantlar, metall oksidlari va tuzlari, dori moddalar bo’lishi mumkin. Malhamlar silindr yoki konus shakldagi qattiq surtma dori konsistensiyasidagi massa holida, matoga surkalgan yoki suyuq bo’lishi mumkin.
Poroshoklar (elaki dorilar, kukun, tolqon) – ichish yoki sirtga ishlatish uchun mo’ljallangan, bir yoki bir nechta maydalangan, sochiluvchan xossaga ega dorivor kukunlardan tashkil topgan qattiq dori turi; p. kimyoviy moddalar, o’simlik qismlarini maydalab tayyorlanadi. Yirik poroshoklar ichiladi, juda mayda poroshoklar burun, ko’z, hiqildoq shilliq pardalariga sepiladi. In’eksiya uchun ishlatiladigan poroshoklar. In’eksiya uchun ishlatiladigan eritma yoki suspenziyalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan qattiq dori vositalari.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin