Spermatset — kashalot yogi — okeanlarning tropik qismida yashaydigan kitning bir turi — kashalotdan olinadigan yog’simon modda. S. asosan palmitin kislotaning setil spirti efiridan tashkil topgan. Og’rik sezdirmaydigan emulsiya, ba’zi surtmalar hamda sovituvchi va yumshatuvchi kremlar tarkibiga kiradi.
Substansiya(faol modda) – kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo’lgan tibbiyot amaliyotida qo’llashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar.
Suppozitoriylar, shamchalar — xona haroratida qattiq, tana haroratida erib ketadigan, tanadagi har xil tabiiy yoki biror kasallik natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlarga qo’yiladigan, dozalarga bo’lingan yumshoq dori shakli; silindr shaklidagi yoki bir tomoni uchli kilib ishlangan konussimon dori shakli; to‘јri ichakga kiritib ko‘yib davolashga mo‘ljallangan.
Surtma(lar) —sirtga (teri, yara va shilliq qavatga) surtish uchun mo’ljallangan yumshoq dori turi bo‘lib, o‘z tarkibida asos va unda bir me’yorda aralashtirilgan ta’sir etuvchi modda saqlaydi. Konsistensiyasiga qarab ular gellar, kremlar, linimentlar va pastalarga bo‘linadi.
Suspenziyalar (osilmalar) – qattiq dori moddalar (dispers sistema) suyuq holdagi yordamchi modda (dispers muhit) da muallak holda turadigan suyuk dispers sistemalarga aytiladi. Bunda zarrachalar o‘lchami 0,1-10 mkm tashkil etishi mumkin.
Suyuq dori turlari – agregat holatiga ko‘ra suyuq holda bo‘lgan dori turlari.
Suyuq malhamlar – teriga surtilganida elastik parda hosil qiluvchi suyuq dori turi.
Tabletkalar– dori va yordamchi moddalarni presslash usuli bilan olingan, dozalangan qattiq dori turi. Tabletkalar asosan ichish uchun mo’ljallangan bo’ladi, ayrim hollarda eritish uchun mo’ljallangan tabletkalar ham bor.
Tayokchalar - yo‘јonligi 2-5 mm, uzunligi 10 sm gacha bo‘lgan bir tomoni uchli silindr shaklidagi yumshoq dori shakli.
Terining po‘st tashlashi – teri epidermisidagi ba’zi xujayralarning fiziologik yoki patologik sabablarga ko‘ra ko‘chib tushishi.
Tibbiy gil –muloyim (plastik) massa, suvni shimib olish xossasi kuchli, issiqlikni yomon o’tkazadi; oq gil, sin. kaolin – asosan alyuminiy silikatdan iborat bo’lib, tabletka, xab dori va linimentlar tayyorlashda ishlatiladi.