Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva, Sh. F. Iskandarova



Yüklə 2,11 Mb.
səhifə91/97
tarix07.01.2024
ölçüsü2,11 Mb.
#208836
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97
Z. A. Nazarova, Yo. S. Karieva, G. M. Tureeva, N. S. Fayzullaeva

Tibbiyot veterinariyasi – ilmiy bilimlar tizimi (veterinariy fani) va amaliyotga yonaltirilgan kasbiy faoliyat turi bo’lib, u veterinary-ekologik va veterinary havfsizlikni ta’minlash hamda hayvonlar kasalliklarini o‘rganuvchi fan.
Veterinariya dori shakllari — hayvonlarda turli kasalliklarning oldini olish va davolashda ishlatiladigan suyuq, qattiq va yumshoq dori shakllari.
Veterinar farmatsiya - farmatsevtik fanining bir maxsus sohasi bo‘lib, hayvonlarning jismoniy, anotomiya, fiziologiya tuzilishi o‘ziga xos bo‘lishlarini xisobga olgan xolida mustaqil ravishda rivojlangan.
Vishillovchi tabletkalar, suyuqlikka tushganda gaz ajratib parchalanuvchi tabletkalar.
Vodorod kursatkichi (рН) - Dori substansiyalari, yordamchi moddalar, ko‘zga va parenteral qo‘llaniladigan dori vositalarining, muhit kislotaliligi yoki ishqoriyligi darajasini me’yorlovchi sifat ko‘rsatkichlaridan biri.
Yig’ma — ta’siri bir-biriga o’xshash dorivor o’simliklar aralashmasi. Ba’zan unga boshqa quruq dori moddalari, efir moylari va b. qo’shiladi. Ta’sir etishiga qarab damlama va qaynatma holida ichiladi yoki tamaki kabi chekiladi.
Yuleplar – dori moddalar xushbo‘y suvlarda eritilgan va qand qo‘shib tayyorlangan suyuq dori turlari.
Qunduz qiri (bobrovaya struya) — qunduz kindagi ostidagi juft bezning quritilgan moddasi. Tarkibida efir moylari, qatronsimon modda — kastorin va b. bor. Valeriana singari tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
Qiyomlar (Sirupi) qandni suvdagi yoki achib maromiga etgan meva sharbatildagi kontsentrlangan eritmasi (64% gacha), shuningdek ularning dori moddalar eritmasi, tindirma va ekstraktlar bilan aralashmasi bo’lib, quyuq, tiniq va tarkibiga qarab o’ziga hos t’am va hidga ega suyuqliklar. Qo‘llanilishi bo‘yicha qiyomlar ta’m beruvchi va dorivorlarga tasniflanadi. Ta’m qiyomlari faqat asosiy dori moddalarni ta’mini tuzatish maqsadida qo‘llaniladi. Bularga misol sitfatida qand qiyomini hamda meva va reza mevali qiyomlarni keltirish mumkin. Dorivor qiyomlar – bu gulhayri ildizi, chuchukmiya, rovoch va b. dorivor qiyomlar noxush ta’mni tuzatishda deyarli yuqori potensialga ega emaslar (gulhayri ildizi va olma qiyomlari), chuchukmiya ildizi.

Yüklə 2,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin