Sulfatsil-natriy 10%, 20%, 30% eritmasi
Tarkibi: Sulfa-sil-natriy 1 g, 2 g, 3 g. Natriy tiosulfat 0,015 g. Xlorid-vodorod kislotasi 1 M eritmasi - 0,035 ml. Tozalangan suv 10 ml gacha
sharoitda tayyorlanadi, ularga stabilizator va konservantlar qo‘shish
ta’qiqlanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarida chaqaloqlar uchun ichishga tayyorlangan eritmalar bir marta ishlatishga etarli miqdorda 10-20 ml dan yoki bir necha bolaga (bir vaqtning o‘zida ishlatish sharti bilan) beriladigan eritmalar 200 ml dan oshiq bo‘lmagan hajmda qadoqlanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarida chaqaloqlar uchun sirtki ishlatiladigan dori vositalari bir marta ishlatishga mo‘ljallab 5-30 ml dan yoki bir necha bola uchun 20-100 md dan oshiq bo‘lmagan hajmda qadoqlanadi.
Dori vositalari solingan idishlarning qopqog‘i ochilgandan so‘ng darhol ishlatilishi kerak, ularni saqlash ta’qiqlanadi (1% li brilliant kuki eritmasidan tashqari).
Dorixonalardan shifokor retsepti asosida chaqaloqlarga ichish uchun ishlatiladigan dori vositalari 2-3 kunga etarli (sovutgichda saqlash sharti bilan) miqdorda tayyorlab beriladi.