Bolalarga beriladigan dorilarni xavfsizligini oshirish masalari. Bolalarni dorilar bilan zaharlanishini oldini olish uchun Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko‘ra mana 15 yildan beri qiyin ochiladigan plastik konteynerlar ishlatilib kelinmoqda.
Bolalar amaliyotida qo‘llaniladigan dori vositalar nomenklaturasini kengaytirish farmatsevtika texnologiyasining dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Pediatriya amaliyotida qo‘llaniladigan yumshoq dori turlari ta’rifi, texnologiyaining o‘ziga xosligi.Yumshoq dori turlaridan bolalar amaliyotida rektal dorilar (shamchalar, kapsulalar, rektiolalar, klizmalar) va surtmalar, kremlar, linimentlar ishlatiladi. Ular 10% atrofida retsepturada uchraydi.
Rektal dori turlari. Xozirgi paytda bolalarga mo‘ljallangan dorilarning umumiy hajmida rektal dorilarning miqdori o‘sib borish tendensiyasi kuzatilmokda. Agar 1990 yilda shamchalarga 3,4% (chet elda 17%) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, xozirgi vaqtda esa bu ko‘rsatkich 50% dan oshdi. Bu, bolalar amaliyotida, rektal dorilarni o‘ziga xos ijobiy taraflariga bog‘lik:
- dorilarning ayrim qo‘lansa hidi va yoqimsiz mazasi bilinmaydi;
- dorilar tanaga tezrok so‘riladi, natijada tez ta’sir ko‘rsatadi;
- og‘rik muammosi echiladi;
- allergik reaksiyalar kamayadi;
- oshqozon ichak shilliq pardalariga preparatlarning yallig‘lovchi ta’siri bulmaydi, hamda dori moddalar fermentlarning salbiy ta’siridan xalos bo‘ladi. SHu sababli analgetiklar, isitma tushiruvchi, spazmolitik, steroid gormonlar, allergiyaga qarshi dori preparatlardan suppozitoriya dori shaklini tayoyyorlash istiqboli izlanishlar deb hisoblanadi. Ayniksa bronxial va boshka nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda rektal dori turlarini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Suppozitoriylar, shamchalar —xona haroratida qattiq, tana haroratida erib ketadigan, tanadagi har xil tabiiy yoki biror kasallik natijasida hosil bo’lgan bo’shliqlarga qo’yiladigan, dozalarga bo’lingan yumshoq dori shakli; silindr shaklidagi yoki bir tomoni uchli kilib ishlangan konussimon dori shakli; to‘јri ichakga kiritib ko‘yib davolashga mo‘ljallangan