Koldkrem (sovuq qaymoq) – asosan muzlatuvchi xususiyatiga ega kosmetik surtma. Krem tarkibidagi suv bug‘lanib, terida tinchlantiruvchi, muzlatuvchi ta’sirini ko‘rsatadi.
Konservalar (Conservae) – yangi terib olingan o‘simlik maydalanib, unga 2-5 barobar qand qo‘shilib aralashtirilib tayorlanadigan qandolat dori turi. Bunda qand konservant vazifasini bajarardi.
Konfektlar – (Confectiones) yangi yig‘ilgan dorivor o‘simliklar ildiz – poyasi, gullari yoki boshqa qismlarini qaynoq qand qiyomiga botirib olinadigan va quritilgan qandolat dori shakli. Masalan, achchiq ermon gullaridan konfektalar yuqorida keltirilgan usulda olinardi. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha oppoq, mayda tariqdek achchiq ermon konfektalari yosh bolalarga gijja haydovchi vosita sifatida ishlatilardi.
Ksilit —shirin mazali, suvda yaxshi eriydigan modda, besh atomli spirt; qandli diabet, semizlikka duchor bemorlar uchun ovqat tayyorlashda qand o’rniga ishlatiladi.
Kulchalar (Trochisici) konsentrlangan yarim tayyor mahsulot bo‘lib, ulardan ichish va sirtga qo‘llanadigan dori turlari tayyorlangan. Kulchalar to‘g‘risida Gippokrat (miloddan avvlgi V-IV asr), masalan, xushbo‘y aromatik kulchalar quruq dorivor moddalar kukuni, vino yoki sirka bilan tayyorlangan bo‘lib, ulrni ishlatishdan oldin ushbu suyuqlikda yoki biron bir surtma bilan arlashtirib tanaga surtish kerak edi. 1802 yilda nashr etilgan Rossiya III-Farmokapeyasida ko‘krak kulchalari (“Pryaniki proskuriyachnыe grudnыe” -Trochisici althaeae compositi) uchun maxsus maqola bor edi. Ushbu kulchalar gulhayri ildizi, binafsha ildizi kukuni, qand kukuni va arab elimidan tayyorlanar edi. Kulchalar yumshatuvchi, surgi, balg‘am ko‘chiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatilar edi. Kulchalar qand, shokolad, arab elimi yoki jelatina qo‘shib tayyorlanari. Kulchalar – bugungi kunda pastilkalargan juda yaqin bo‘lgan dori turi.
Ko‘p terlash(gipergidroz) — ba’zi odamlarning ko’p terlashi, vegetativ nerv tizimi faoliyatining buzilishi tufayli yuz beradi.