nosabatlar cTrnatilmas, rivojlantirilmas va mustahkamlanmas ekan,
bitimni amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ijtim oiy marketing.
Ijtimoiy marketing iste’molchilar va ush
bu tovar o ‘rtasida ayirboshlashga ijobiy ta ’sir etadigan va oqibat-
da korxona oladigan foydaga ijobiy ta’sir ko ‘rsatadigan notijorat
harakatlarini o ‘z ichiga oladigan marketing faoliyatini shakllantirish
va rivojlantirish jarayonidan iborat bo‘ladi. Ingliz tilidagi ifoda to‘la-
roq m a’no beradi: cause related marketing. Ijtimoiy marketingdan
oldin ijtimoiy etika marketingi mavjud bo ‘lgan bo‘lib, uning uchun
birlamchi vazifa uzoq muddatli istiqboldagi iste’molchi uchun qu-
laylik izlab topish va korxona uchun foyda topishdan iborat bo‘lgan.
Ijtimoiy marketingga yaqin yondashuv - jam otchilik marketingi va
ekologiya marketingi sanaladi.
Geomarketing.
Geomarketing taklifni yaxshiroq moslashtirish
uchun mahalliy iste’molchilar talabini tushunish va aniqlashga
yo‘naltiriladi. U ko'cha/kvartal/sektor tipologiyasini aniqlash uchun
iqtisodiy makonlarni aniq va geografik tahlil qilishga asoslanadi.
Marketing nazariyasini geomatikadan ajratishga intiladiganlar bu
marketingni makon marketingi deb ataydilar. Geomatika - geografik
va kartografik tarkibiy qismlar bilan raqamli m a’lumotlami taqdim
etish va tahlil qilishga bag‘ishlangan texnikalar to ‘plamini bir-
lashtiradigan fandir. Mikromarketing - geomarketingdan kengroq
tushuncha bo‘lib, reaksiya darajasi yuqori bo ‘lgan iste’molchilar
mikrosegmentlarini aniqlash va xizmat k o ‘rsatish uchun m o‘ljallan-
gan bozorlarni juda nozik segmentlashga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: