Elektr tarmoqlari va jihozlariga texnik xizmat ko`rsatish, ishlatish va ta`mirlash
i >
t n 13.7-rasm. Zanjir uzgichini
aylanib o ‘tuvchi uzgichga
almashtirishda himoyalarning
ta ’sirini aylanib o‘tuvchi
uzgichga faqat tezkor
zanjirlar orqali o ‘tkazish
imkonini yaratuvchi
chiquvchi tok
transformatorlarini ng
o‘rnatilish sxemasi.
192
? ) N A Z O R A T SA V O L L A R I
1. Stansiya va podstansiyalarda uzib-ulashlar tartibi va ularni tashkil
etish nimalarni o‘z ichiga oladi?
2. Uzib-ulashlar haqida farmoyish, uzib-ulashlar banki va tartibi kim
tomonidan va qanday tashkillashtiriladi?
3. Rele himoyasi va avtomatika qurilmalarida uzib-ulashlarning vazi-
falari va amalga oshirish tartibini tushuntiring.
4. Uzgichlar yordamida amallarni bajarish texnikasini tushuntiring.
5. Ajratkichlar va bo‘lgichlar yordamida amallarni bajarish texnikasi.
6. Uzgich bilan bog‘liq bo£lgan amallar bajarib bo‘linganidan so£ng
uning holati nima maqsadda va qanday tekshiriladi?
7. Amallar bajarilganidan so‘ng ajratkich va bo‘lgichlarning holatlari
qanday tekshiriladi?
8. Asosiy amallarning bajarilish ketma-ketligi va uning sabablarini
tushuntiring.
9. Ulanishlarni bitta shinalar tizimidan boshqasiga o‘tkazish tartibini
tushuntiring.
10. Yig‘uvchi shinalar tizimini ta’mirga chiqarishda bajariluvchi amal
lar va ularni bajarilish tartibini tushuntiring.
11. Uzgichlarni ta’mirga chiqarish va ta’mirdan so£ng ishga tushirishda
bajariluvchi amallarni va ularni bajarilish tartibini tushuntiring.
12. Uzgichni sirtmoqlashda bajariluvchi amallarning asosiy guruhlariga
nimalar kiradi?
13. Uzgichni sirtmoqdan chiqarishda bajariluvchi amallarning asosiy
guruhlariga nimalar kiradi?
193