6.3. Ishlab chiqarish tizimlarining miqdoriy va sifat
egiluvchanligi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday korxona faqat u ishlab
chiqarayotgan tovarlarga bo'lgan talabga mos ravishda tezkorlik
bilan assortiment va miqdor bo‘yicha tovar
ishlab chiqara olsagina
yashab qolishi va rivojlanishi va aks holda inqirozga uchrashi
mumkin. Logistika talabga qarab ishlab chiqaruvchining zaxira
quvvati hisobiga moslashuvi ta’minlashga qaratilgan.
Ishlab chiqarish quvvatining zaxirasi
sifatli va miqdoriy egi-
luvchanligiga ega bo‘lganida ro‘yobga chiqishi mumkin. Sifatli
egiluvchanlik universal xizmat ko‘rsatuvchi personal hisobiga
ta ’minlanadi. Masalan, korxonadagi
ishchilarning bir qismi tor
doirada mutaxassis bo‘lsa, qolgan qismi ko‘pchilik asboblarda
ishlay oladigan bo‘lishi kerak.
Ishlab
chiqarishni
tashkil
etishning
logistik tamoyillari
quyidagilarni o ‘z ichiga oladi:
- ortiqcha zaxiralardan voz kechish;
- asosiy va transport-ombor operatsiyalarini
bajarishning
vaqtidan voz kechish;
- buyurtma bo‘lmagan ko‘plab ishlab chiqariladigan detallardan
voz kechish;
- asboblami to‘xtab qolishini bartaraf eitsh;
- brak mahsulot ishlab chiqarishni tugatish;
- korxona ichidagi ortiqcha tashishlami kamaytirish.
Ishlab chiqarishni an’anaviy usulda
boshqarishda quyidagicha
amalga oshiriladi;
- asbob-uskunalami ishini to ‘xtatmay ulardan foydalanish
koeffitsiyentini yuqori darajada ushlab turish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaming miqdorini oshirib
borish;
- har ehtimolga qarshi material
resurslar zaxirasini katta
miqdorda saqlash va boshqalar.
Bulardan ko‘rinib turibdiki an’anaviy yondoshuv «sotuv
bozori» uchun ishlasa, logistik yondoshuv «iste’mol bozori» uchun
ishlaydi.
81
M iqdoriy egiluvchanglik har xil usullar orqali ta’minlanishi
mumkin. Masalan, logistik markaz iste’molchilarga o ‘z
vaqtida
materiallarni yetkazib berishi uchun talabning stoxastik o ‘zga-
ruvchngligini hisobga olgan holda 70 dona avtomobilga ega bo‘lishi
kerak. Talabni o ‘z vaqtida qondirish uchun unga 70 donadan ko‘p
avtomobil zarur bo‘lib qolsa, kerakli avtomobillar soni boshqa
transport korxonalaridan buyurtma berib olinadi.
Dostları ilə paylaş: