Shartnomada yetkazib berish grafiklari,
ekspeditsiya va bojxona
bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham belgilab olinadi.
Xarid operatsiyalarini amalga oshirish to ‘g ‘ri shartnoma
tuzishni,
xarid qilish qoidalarini, tovarlarni yetkazib berish, to ‘lovla-
rini hamda xo‘jalik huquqining asosiy
qonunlarini bilishni talab
etadi.
Oldi-sotti
bitimi tomonlaming huquq va majburiyatlari
majmuasidan iborat bo‘ladi:
- kontrakt predmeti tovarlarning
tavsifi va miqdori, yetkazib
berishning shartlari (Inkotermoc) ni o‘z ichiga.
Agar bitimda har xil
assortimentdagi va sifatga ega bo‘lgan tovarlarni yetkazib berish
ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ular bitimning ilovasida sanab o ‘tiladi;
- kontraktning umumiy miqdori va bahosi.
Bu mavzuga tegishli
masalalar maxsus kursda atroflicha o ‘rganiladi;
- yetkazib berish muddatlari. Yetkazib berish muddati deganda
sotuvchi tovami xaridorga topshirgan ongacha ketgan vaqt hisob
lanadi. Bitimda ko'rsatilgan tovarlar hammasi
bir paytda yoki qism-
larga ajratib yetkazilishi mumkin.
- kontraktning transport shartlari. Bu shart birinchi galda ta-
shuvchilarga tegishl bo‘lib unga qarab tashuvchilar o ‘z
ishlarini
rejalashtiradilar va hokazo.
Nazorat savollari:
1. Ta’minotchi bilan shartnoma qachon tuziladi?
2. Shartnomada nimalar ko‘rsatiladi?
3. Shartnoma tuzish uchun qatnashchilar nimalarni bilishlari
kerak?
4. Inkotermoc nimalarni o ‘z ichiga oladi?
77