yomon bo‘lsa yoki u halol bo‘lmasa, undan materiallar oluvchi
korxonada har xil muammolar vujudga kelishi, ayniqsa kerakli
materiallami o ‘z vaqtida yetkazib bermasligi oqibatida korxona
kerak mahsulotlarni vaqtida ishlab chiqara olmagani uchun katta
zarar ko‘rishi hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarni ham qiyin
ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun har bir korxona
ta ’minotchi bilan shartnoma tuzishidan avval uning ishonchililigini
baholashi kerak. Buning uchun korxonaning xarid logistikasi bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislari barcha imkoniyatlardan ta ’miotchi-
ning moliyaviy hisobotlarining tahlili, u bilan hamkorlik qilayotgan
boshqa korxonalardan olgan m a’lumotlar, bank ma’lumotlari va
boshqa olinishi mumkin bo‘lgan m a’lumotlardan foydalanishi
kerak.
Materiallar ta ’minotining ishonchliligini baholash. Materiallar
ta ’minotining ishonchliligi amal qilayotgan shartnomalar asosida
baholanadi. Buning uchun maxsus reyting shkalasi ishlab chiqiladi.
Reyting shkalasida har bitta ko‘rsatkichga m a’lum miqdorda ball
beriladi. Ballning miqdori har bir ko‘rsatkichning ta ’minotdagi
ahamiyatiga qarab ekspertlar yordamida yoki m a’lum bir hisob-
kitoblar orqali amalga oshirilishi mumkin.
M ateriallar ta’minotining ishonchliligi eng asosiy mezon qilib
olinganida uni aniqlash tartibini ko‘rib chiqaylik.
1. Reja va amaldagi ta ’minot sanasi solishtiriladi.
2. Material resurslarni yetkazib berishdagi kechikish vaqti
aniqlanadi.
3. Yetkazib berilgan va yetkazib berilishi kerak boMgan mate
rial resurslarning miqdoriga qarab ulaming qancha qismi yetkazib
berilmagani aniqlanadi. T a’minotdagi uzilishlar soni aniqlanadi.
4. M ahsulotning yetkazib berilmagan miqdori quyidagicha
aniqlanadi:
Л
Dostları ilə paylaş: