uchastkalarida rejalashtirish kiradi. Shunday qilib DRP materiallami
ta ’minoti va sotuvini bog‘laydi hamda logistik xarajatlarni kamay-
tiradi.
«Aniq vaqtda» yetkazib berish (Just in time) tizimi: ko‘rila-
yotgan momentda zarur bo‘lgan material
ishlab chiqiladi va tashi-
ladi (sug'urta zaxirasining hajmi keskin kamayadi).
LRP tizimi (Logistik Reguirements Planning): bu korxona
miqiyosida kirayotgan, korxona ichidagi
va chiqayotgan moddiy
oqimlarni rejalashtirish va nazorat qilish tizimi.
Kanban tizimi hisoblash texnikalarini keng joriy etishni talab
etmagan holda moddiy oqimlar harakatida katta aniqlikni talab
etadi. Avvalgi misolni ko‘radigan bo'lsak,
dvigatel necha silindrli
bo‘lsa, yig‘ish uchun albatta shuncha porshen o ‘z vaqtida keltirilishi
kerak. Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, Kanban tizimida bizning
misolda dvigatelni yig‘ish uchun faqat talab
etilgancha porshen soni
kerak bo‘ladi unda ortig‘iga y a’ni zaxira porshenga ehtiyoj
bo‘lmaydi.
Tez sezish va javob berish (JRM- Quik Response Vetod) tizimi
- ulgurji va chakana savdo korxonalariga
mol yetkazib berishni
rejalashtirish va sozlash tizimi.
Moddiy va axborot oqimlarini integratsiyalash tizimi- ishlab
chiqarish va sotuvni yakdillikda (bir butun) ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: