7. OM BOR LOGISTIKASI
7.1. Omborlarning turlari
Omborlar transport logistik tizimlarning asosiy elementlaridan
biri hisoblanadi. Yetkazib berish zanjirlarida
moddiy oqimlarni
boshqarish samaradorligi ombor xo‘jaligining qanday ishlashiga
bog‘liqdir. Ombor xo‘jaligi mahsulot sifatining saqlanishi,
ishlab
chiqarish va tran sp o rtin g bir maromda ishlashini, korxona maydo-
nidan
samarali foydalanishni, transport vositalarining ortiqcha turib
qolishini kamaytirish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish jarayoni moddiy oqimlarning bir korxonadan
boshqasiga
transportirovka qilinishi, tayyor mahsulotlarni iste’mol
chiga yetkazilishi bilan bog‘liq. Bu ishlar logistik zanjiming ba’zi
joylarida moddiy zaxiralami yig4 ilishiga olib keladi. Demak, bu
zaxiralami saqlash uchun maxsus joy, y a’ni omborlar kerak bo'ladi.
Ombor deganda, har xil moddiy resurslami qabul qilish va
saqlashga m o‘ljallangan, ularni iste’mol
qilishga tayyorlash va
iste’mol qilish uchun jo ‘natishga moslashtirilgan maxsus binolar,
ishootlar va har xil qurilmalar tushuniladi (29 - rasm).
Oborlar yuk oqimining har xil uchastkalarida boshlanish joyida,
o'rtasida yoki oxirida tashkil etilishi mumkin. Omborlarga ehtiyoj
moddiy oqimlar oqishining hamma darvlarida mavjud bo‘ladi.
Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga
transportirovka qilish ikki usulda bajarilishi mumkin:
- tranzit usulida;
- omborlardan foydalanish usulida.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini
tranzit usuli bilan yetka-
zish eng tejamli usul hisoblanadi, chunki u qo‘shimcha xarajat-
laming kamayishiga olib keladi. Lekin
bu usuldan foydalanishning
o ‘z shartlari bor. Iste’molchi korxona bitta ta ’minlovchi korxona
ning aniq vaqt davomida katta miqdorda yuboradigan moddiy
boylik manbalaridan foydalansa, tranzit
usulidan foydalanish muni-
kin. Boshqacha qilib aytganda, ta’minlashning tranzit usuli bilnti
87
tashkil qilinish imkoniyati moddiy boylik manbalarini iste’mol
qilish miqdoriga va belgilangan tranzit m e’yorlariga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: