Ishlab chiqarish korxonasining omborlari, yordamchi
sexlari va
transportlari korxona ishlab chiqarish tuzilmasining eng muhim
halqalaridan hisoblanadi.
Korxona omborlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Kerakli yoqilg‘i, xomashyo,
material, mahsulot va boshqa
manbalar
zaxiralarini
to ‘plash
va
iste’molchilarni
uzluksiz
ta ’minlash.
2. Moddiy boylik manbalarini saqlash.
3. Ortish-tushirish ishlari, omborning
ichki ishlarini eng oz
mehnat va moliya xarajatlari bilan oqilona tashkil etish.
4. Ombor maydonlaridan oqilona foydalanish va omborning
asbob-uskunalarini samarali ishlatish.
5. Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqarishda iste’mol
qilishga tayyorlash.
6. Markazlashtirilgan usulda material va mahsulotlami kerakli
joylarga yetkazib berish.
7. Materiallardan tejamli foydalanishni nazorat qilish.
8. Ishlab chiqarish jarayonida
ishlatilmasdan qolgan, ortiqcha
moddiy boyliklar manbalari zaxiralarini o ‘z vaqtida aniqlash va
ulardan foydalanishni tashkil etish.
Omborlar ko‘pgina belgilariga qarab turlarga ajratiladi.
Omborlar yuk oqimining har xil
uchastkalarida boshlanish
joyida, o ‘rtasida yoki oxirida tashkil etilishi mumkin. Omborlarga
ehtiyoj moddiy oqimlar oqishining hamma darvlarida mavjud
bo‘ladi.
Moddiy boylik manbalarini ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga
transportirovka qilish ikki usulda bajarilishi mumkin:
- tranzit usulida;
- omborlardan foydalanish usulida.
Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini tranzit usuli bilan
yetkazish eng tejamli usul hisoblanadi, chunki u qo‘shimcha
xarajatlaming kamayishiga olib
keladi.
Lekin bu
usuldan
foydalanishning o ‘z shartlari bor. Iste’molchi
korxona bitta
ta ’minlovchi korxonaning aniq vaqt davomida katta miqdordn
yuboradigan moddiy boylik manbalaridan foydalansa, tranzit
usulidan
foydalanish
mumkin.
Boshqacha
qilib
aytganda,
ta ’minlashning tranzit usuli bilan tashkil qilinish imkoniyati moddiy
89
Omborlar ko‘pgina belgilariga qarab turlarga ajratiladi (30
rasm).
Dostları ilə paylaş: