9.5. Logistik markazlarda transport xizmatlarini
amalga oshirish
Logistik markazlarda tashishlar (transport xizmatlari) unda
tashkil etilgan yoki alohida faoliyat ko‘rsatuvchi terminallar orqali
amalga oshirilishi.
Terminal tushunchasi xalqaro tashishlarning rivojlanishi bilan
bog‘liq bo‘lib, u rivojlangani sari terminallar ham rivojlanib ketdi.
«Terminal» atamasi inglizcha so‘z bo‘lib «oxirgi bekat» m a’nosini
anglatadi.
Terminal yoki terminal kompleksi injener-texnik inshootlari,
m a’muriy binolar, qo'riqlanadigan transport vositalarining to‘xtash
joylari, kompleks mexanizatsiyalashgan yoki to ‘liq avtomat-
lashtirilgan omborlardan tashkil topadi.
Terminal hududida kontey-
ner maydonlari, tarozi qurilmalari, mehmonxona komplekslari
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tashish turiga qarab terminal turi, uning tashkiliy tarkibi,
transport tarmog‘idagi o ‘m i va vazifasi aniqlanadi.
Terminallarining asosiy tavsiflari quyidagi omillarga ko‘p
jihatdan bog‘liq:
- multimodal tashishlar doirasida yuk jo ‘natuvchilar ta’sirining
o ‘sishi;
- bozordagi murosasozlik va milliy chegaralardan chiqish.
Xalqaro multimodal tashishlarda
boshqarish hal qiluvchi omil
bo‘lganligi uchun terminal xizmat ko'rsatishning ahamiyati oshib
bormoqda. Terminallar kimlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab, ochiq
yoki yopiq turlarga ajratilishi mumkin.
Terminallarning yana bir eng katta xususiyati, ular har xil
turdagi transport turlarining o ‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlaydi.
Terminallarda ko‘rsatiladigan xizmatlami turlarga bo‘lish
mumkin va ular terminallarning ixtisoslashganligini ko‘rsatadi:
- bojxona qayta ishlovi;
- qayta ortib berish xizmatlarini ko‘rsatish;
- yuklar joyi xizmati (ijara, omborga joylash, ta’mirlash);
- avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish (ijaraga qo‘yish
joyi, ta ’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, yuvish);
121
- tarmoq xizmati (boshlang‘ich-oxirgi operatsiyalar,
bojxona
xizmatini ko‘rsatish, harakat vaqtida nazorat qilish);
- yuk bilan bog‘liq xizmatlar (ortish, tushirish);
- sug‘urta va boshqa hisob ishlarini bajarish;
- axborot xizmatlari.
Terminallar tarm og‘i ulam ing to ‘la ta ’minlanganligi, yuklarni
yetkazib berish jarayonining murakkabligi, xizmat ko‘rsatish
darajasining pastligi kabi kamchiliklarga ega.
Terminallar tizimining yangi mohiyati alohida multimodal
terminaldan yagona yuk taqsimoti markaziga o ‘tishni taqozo etadi,
bunda terminal mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
o ‘rtasida bog‘lovchi zveno vazifasini bajaradi.
Yangi turdagi terminallarda yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan
xizmat-
lardan tashqari yuklarni navlarga ajratish, yig‘ish, yiriklashtirish,
bo‘lish, o ‘rab-bog‘lash, omborlarga joylashtirish, saqlash, yukka
qayta ishlov berish, paketlash, konteynerlarga
joylash va tashib
berish ishlari ham bajariladi. Bu jarayonlam i avtomatlashtirish dara
jasi oxirgi fan, texnika va texnologiya yutuqlariga mos keladi.
Firma-mijozlar, buyurtmalar, tovarlar, muddatlar, transport vositala-
ri haqidagi hamma m a’lumotlar kompyuter xotirasida saqlanadi.
Terminal tizimlari davlatlar transport
infrastrukturasining rivoj-
lanishida muhim o ‘rin tutadi va shuning uchun ko‘pgina davlatlarda
terminallar orqali tashishni tashkil etish tartiblarini belgilab
beruvchi qonunlar qabul qilingan.
Bugunda Yaponiyada 150 dan ortiq terminallar faoliyat ko‘rsat-
moqda. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham terminal tashish tizimi
davlat dasturlari asosida rivojlanib bormoqda. Bunga Toshkent
shahridagi, Sirdaryo viloyatining Oq oltin posyolkasidagi, Buxoro-
dagi va boshqa paxta tolasi bilan xalqaro
savdoni tashkil etishga
xizmat ko‘rsatuvchi term inallam i misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Konteyner terminallari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlami
«Osiyo trans terminal» (OTT) mas'uliyati cheklangan jam iyat
qo‘shma korxonasi ishini k o ‘rib chiqaylik (42-rasm). « 0 ‘ztemir-
y o ‘lkonteyner» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va «Uzoq Sharq
transport guruhi» nomli Rossiya transport kompaniyasi OTT ning
ta ’sischilari hisoblanadi. OTT terminal-logistik va transport-
ekspeditsiya ishlarining barchasini bajaradi. Maydoni 39000 kv.m.ni
122
tashkil etib, 20 va 40 futli konteynerlarni
ortish va tushirish
mexanizmlari bilan jihozlangan. Yuzasi 1000 kv.m. bo‘lgan ochiq
turdagi bojxona maydonchasiga ega bo‘lib, jam i maydoni 47000
kv.m. maydonni egallaydi. OTT bir paytda 40 ta vagonga xizmat
ko‘rsata oladi. Terminalning ko‘rinishlari quyidagi rasmlarda aks
ettirilgan (42-rasm).
Dostları ilə paylaş: