K IR ISH
Ilm -fan, texnika, ishlab chiqarish h am da texnologiya sohalarida,
erishilayotgan yutuqlar uzluksiz t a ’lim tizimining barcha bosqichlarida
faoliyat yuritayotgan ta ’lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini
yaratishni taqozo etmoqda. Bu kabi o ‘quv
manbalarining yaratilishiga
q o ‘yilayotgan talablardan eng m uhim i — ularning m azm unida mavjud
ilmiy bilimlar o ‘z ifodasini topibgina qolmay, shu bilan birga 0 ‘zbekiston
Respublikasida t a ’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining
mohiyati ham ochib berish sanaladi.
Pedagogika oliy o ‘quv yurtlari uchun m o ‘ljallangan
pedagogika
darsligi amaldagi o ‘quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq
yaratildi. D arslikn ing m aqsadi — p edagogika fa n in in g n a z a riy -
metodologik asoslarini ochib berish, boMajak
pedagoglar to m o n id a n
ularning c h u q u r o ‘zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik
faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko'n ikm a va malakalarini
shakllantirishdan iborat.
Darslikning tarkibiy tuzilmasidan o ‘rin olgan mavzular o ‘z m azm uni
va y o ‘nalishiga k o ‘ra « P ed ag o g ikanin g ilmiy asoslari», «Yagona
pedagogik jarayon», «Ta’lim tizimini tashkil etish» ham d a «Korreksion
(maxsud) pedagogika» kabi b o ‘limlar o ‘rin olgan. Bo‘lim larda, o ‘z
ifodasini topgan mavzularni ochib berishda g‘oyalar o ‘rtasidagi o ‘zaro
izchillik va mantiqiylikning t a ’minlanishiga alohida e ’tibor qaratilgan.
M a v z u l a r n i n g b a y o n id a , m a q s a d g a m u v o fiq r a v i s h d a S h a r q
mutafakkirlarining qarashlari, xalq pedagogikasi
asoslaridan foydalanish
barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Darslikni yaratishda mualliflar 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
t o ‘g ‘risida»gi Q o n u n i va « K adrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi
m e ’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan fikrlarga tayandilar. Pedagogika
fanining um um iy asoslari mavjud ijtimoiy zaruriyat nuqtayi nazaridan
bayon etilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi