o ‘simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi
harakatlarni amalga oshirishni o ‘rgatganlar. Bunday harakatlar qabila
(urug‘)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan.
Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo‘lida
olib borilayotgan xatti-
harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosidajma’lumotlarni
berib, ularda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirganiar. Turli tovushlarni
chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh
qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o ‘zlashtirganlar. Nutq
va yozuv paydo b o ‘lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida
amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va
yozuvning paydo b o ‘lishi, shuningdek, urug‘ jamoasi t o m o n id a n
bajariladigan m ehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga
nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga
imkon
berdi.
Turli tabiiy ofatlar t a ’siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf
solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-
ovqatlarni jam lab olishga boMgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy
tajribalarni m a ’lum m ehnat faoliyati yo‘nalishida yetarlicha bilimga
ega boMgan kishilar to m onidan berilishi
maqsadga muvofiq ekanligini
ko‘rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o ‘rgatuvchi kishilar
guruhi shakllandi ham d a bolalarga m a ’lum yo ‘nalishlar b o ‘yicha
bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.
Dastlabki maktablarqadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda)
paydo boMib, ularda bolalarga m a ’muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari
o ‘rgatilgan.
Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining
muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
(; Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan.
«Akademiya» s o ‘zi afsonaviy q a h ram o n Akadema n om id a n kelib
chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi
bilan nomlanuvchi joyda Platon o ‘z shogirdlariga m a’ruzalar o ‘qigan
boMib, keyinchalik t a ’lim tashkil etiluvchi
maskan ham shunday nom
bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim
berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni
ta’lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan
va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning m a ’nosi
«bola yetaklovchi» demakdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizim li
bilimlarni berish bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilar aynan shu nom
bilan atala boshlaganlar.
F e o d a liz m d a v rid a aksariyat m a k t a b l a r masjid ( m u s u l m o n
mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan.
Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy
bilimlar ham o ‘rgatilgan.
0 ‘rta asrlar davrida, Sharqda ak adem iya ko‘rinishidagi t a ’lim
muassasalari
ham faoliyat yuritgan boMib, ular «Donishm andlar uyi»
(IX asr, Bag‘dod), « M a’mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm),
observatoriyalar qoshidagi jam iyatlar (XV asr, Samarqane) tarzida
nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo ‘nalishlari b o ‘yicha kuchli
bilimga ega boMgan qomusiy olimlar jalb etilgan boMib, ular to m onidan
matematika, geodeziya, mineralogiya,
meditsina, astronomiya kabi
y o ‘nalishlarda keng koMamli tadqiqotlar olib borilgan.
0 ‘rta a s rla r h a m d a k a p ita l ish la b c h iq a r is h ig a a s o s l a n g a n
j a m iy a t la r d a a k a d e m iy a ( S h a r q d a m a d r a s a ) l a r k o ‘r in i s h id a g i
maktablarda m a’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar b o ‘yicha
m ukam mal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida
aham iyat qaratilgan. C h u n o n c h i, M u h a m m a d Tarag‘ay U lug‘bek
tom onidan Ь а ф о etilgan madrasalarda o ‘z davrining taniqli olimlari —
Ali Qushchi, Taftazoniy,
Qozizoda Rumiy, Mavlono M u h a m m a d ,
GMyosiddin Jam shid Koshiy, M u in id d in Koshiy h a m d a M a n s u r
Koshiylar talabalarga t a ’lim berganlar.
XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm
harakatining asoschilari, taniqli m a ’rifatparvarlar — M a h m u d x o ‘ja
Behbudiy, Munavvar Qori,
H am za H a kim z o da Niyoziy, Abdulla
Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, A b d u ra u f
Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy,
balki m a ’naviy yetuk inson sifatida ham no m qozondilar.
Dostları ilə paylaş: